Deflyatsiya – inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayon, ya‘ni narxlarning
umumiy darajasining pasayib borishi.
Nullifikatsiya inflyatsiya sur‘ati juda yuqori darajada bo‘lganda qo‘llanilib,
bunda qadrsizlangan pul o‘rniga muomalaga yangi pul birliklari chiqariladi.
Devalvatsiya eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash va to‘lovga
layoqatlilikni yaxshilash maqsadida milliy valyuta kursining rasmiy ravishda
pasaytirilishi.
Denominatsiya amaldagi pul birliklari ma‘lum bir nisbatda yangi pul
birliklari bilan almashtirilishi.
Muhokama uchun savollar 1.
Makroiqtisodiy beqarqarorlik nima? Uni bartaraf etish yo‘llari qanday?
2.
Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
3.
Iqtisodiy tsikl bo‘yicha qanday nazariyalar mavjud? Eksternal va internal
nazariyalarning farqi nimada?
4.
Iqtisodiy tsiklning ta‘rifini bering va uning har bir fazasining o‘ziga xos
belgilarini ko‘rsating.
5.
Iqtisodiy tsikl asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini
ko‘rsating.
6.
Iqtisodiy tsiklning oqibatlarini baholang.
7.
Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Tsiklli tebranishlar vujudga kelishining
sabablarini ko‘rsating.
8.
Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.
9.
Ortiqcha va taqchil ishlab chiqarish inqirozlarining kelib chiqish
sabablarini ko‘rsating va o‘zaro taqqoslang. Ushbu inqirozlarni bartaraf etish
chora-tadbirlaridagi farqlarni bayon eting.
375
10. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga
kelishining asosiy sabablarini tushuntirib bering.
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni va ko‘lamlari
to‘g‘risida jahonning etakchi ekspert va tahlil markazlari tomonidan qanday
xulosalar chiqarildi?
12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlangan mamlakatlarga ta‘sir
yo‘nalishlari va darajasini tavsiflang.
13. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri
nimalarda namoyon bo‘ldi? Uning ta‘sir oqibatlarini yumshatuvchi omillarni
izohlab bering.
14. Ishsizlikni ta‘riflang va uning asosiy turlari mazmunini bayon qiling.
15. Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? Ishsizlikning tabiiy darajasi nima?
16. Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntiring.
17. Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablarini izohlang.
18. Inflyatsiya qanday mezonlar bo‘yicha turkumlanadi?
19. Davlatning inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlari nimalarni o‘z ichiga
oladi.
20. So‘mning barqarorligini ta‘minlash tadbirlariga o‘z fikringizni bildiring.