377
larida yaratilgan milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari,
ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta
taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning
bir qismi korxona va
aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aktsiz
yig‘imlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy
daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy
ehtiyojlariga (uy-joy qurilish,
tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu
kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof muhitni
muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash vazifasini ham
bajaradi;
5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan,
yaratilgan
mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil
qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi.
6. Ijtimoiy himoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma‘lumki,
aholining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar
o‘zlarining hayot sharoitlarini minimal darajada ta‘minlash imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy kafolatlashni ham talab
etadi. Bu asosan davlat moliyasi va maxsus fondlar yordamida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari ijtimoiy iste‘mol orqali amalga
oshadigan fondlar ham
mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash
kabilar kiradi.
Moliya tizimi – Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, nobyudjet, ijtimoiy
sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi.
Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat
byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘inidir. Davlat byudjeti markazlashgan va
xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetini o‘z ichiga
oladi. Hokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari
hududidagi korxonalar
daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali
378
shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar
hisobiga ham to‘ldiriladi. Hokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli
hududda ta‘lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilishi va shu kabilarga
sarflanadi.
Mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondi mulkchilikning
barcha shakllaridagi
korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi.
Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni
ko‘zda tutadi.
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning
shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi.
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma‘rifat ishlari bilan
shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi.
Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar,
faxriylar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma‘rifiy jamiyatlarning ham
o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy
resurslarining manbai, tashkilot a‘zolarining kirish puli va badallari, tijorat
faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan
iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik
subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va
ular maqsadli ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: