371
8.
O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash
vazifalari
Respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini
oshirib borish va uning barqarorligini ta‘minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil
qilish orqali erishiladi. Bozorni iste‘mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab
chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Chunki shu orqali iste‘mol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy ishlab
chiqaruvchilar mahsulotlari hissasi oshirib boriladi. Ayni vaqtda, milliy ishlab
chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta‘minlash chetdan
mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta‘minlash
maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi.
So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi
etarli valyuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha
sub‘ektlarning jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab
chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish
alohida ahamiyatga ega.
So‘mning barqarorligini ta‘minlashda undan ehtiyotkorona va tejab – tergab
foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga,
olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya
darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul taklifining o‘sishini tovarlar va
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan
tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar etarli bo‘lmagan holda
aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib
ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi
muqarrar ravishda uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z
372
navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining
qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi.
Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan sharoitida geperinflyatsiyaning
oldini olish uchun aholi iste‘mol sarflarining o‘sishini ishlab chiqariladigan
mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq
qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish,
muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valyuta
barqarorligini ta‘minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir.
So‘mning barqarorligini ta‘minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi
qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga
ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga
erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ta‘minlamagan korxonalarga
kreditlar berilishini cheklash choralari ko‘rilishi kerak. Boshqacha aytganda qattiq
pul-kredit siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Respublikamizda keyingi yillarda
puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko‘zda
tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining
barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va
taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi
barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta‘minlashning navbatdagi sharti
valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir.
Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valyuta birjasidagi aylanma
mikdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini kerakli miqdorda, xohlagan valyutaga
erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga etkazishga qaratiladi.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining
barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
|