Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4.
 
Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari 
Davlatning fiskal siyosati soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga 
solishga qaratiladi. 
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. 
Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini 
ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yo‘li bilan iqtisodiy faoliyatni 
rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy 
o‘sish 
sur‘atining 
barqaror 
jadallashuvi 
va 
iqtisodiy 
salohiyatning 
mustahkamlanishiga qaratiishi mumkin. 
75
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz. 


388 
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning ―qizib 
ketish‖ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqozo etib 
iqtisodiy o‘sish va talab inflyatsiyasi sur‘atini pasaytirishga imkon beradi. 
Davlat fiskal siyosati 
– bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari 
tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta‘sir qilishni anglatadi. 
“Fiskal”
lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma‘noni bildiradi. 
Bu o‘z navbatida ―xazina siyosati‖ degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. 
Xazina siyosatiga o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta 
e‘tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani 
to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. 
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish dastagi sifatida foydalanish 
haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir.
76
D.Keyns davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlan-
tirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Fiskal siyosat (1) xukumat xarajatlarini kamaytirish, yoxud (2) soliqlarni 
ko‘paytirish, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishiga yo‘naltiriladi. 
XX asrning 20-yillarda davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining 
kontseptsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishilari: davlatning iqtisodiyotga 
aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor 
mexanizmidan samarali foydalanishga qaratiladi. 
XX asrning 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat keyns va neokeyns-
chilik maktablarining iqtisodiy kontseptsiyalariga tayangan. 
Bunda quyidagilarga ustuvorlik berilgan; 
-
Ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolari talab nuqtai 
nazaridan qarab chiqish zarur; 
-
Ishlab chiqarish yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning 
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali 
to‘ldirib borilishi zarur; 
76
Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.449 


389 
-
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy beqarorlik talabning yetishmasligi
natijasida yuzaga kelishi sababli iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta‘minlash 
muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns 
―samarali talab‖ tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste‘mol va ishlab 
chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi; 
-
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet 
siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi bandlikni 
ta‘minlashdan iboratdir
77

Keynsning fikricha, davlat xarajatlarining shakllanishi, tuzilishi va o‘sishi 
―samarali talab‖ga erishishdagi muhim omildir. 
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsadidan kelib chiqib, uning iqisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash 
siyosatlari ajratiladi. 
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilgandi, fiskal siyosat bandlik 
darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga qaratiladi. Bunda 
rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq 
stavkalarining pasayishi hisoblanadi 
Davlatning byudjet barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati 
iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish 
maqsadlariga qaratilishi zarur. 
Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YaMM hajmining 
potentsial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni 
vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyatsiya va ishlab chiqa-
rishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi. 
Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy 
mauvozanatlikni ta‘minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy 
vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu 
77
Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.142


390 
barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy 
mexanizmini tashkil qiladi. 
Iqtisodiy fan va xo‘jalik yuritish amaliyotida fiskal siyosatning ikkita turi 
ajratiladi: 
1.
Diskretsion fiskal siyosat – bu bevosita davlat tomonidan amalga 
oshiriladi. 
2.
Nodiskretsion fiskal siyosat bu avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi 
siyosat. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin