Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4.
 
Kredit turlari va tamoyillari. Foiz stavkasi va unga ta’sir etuvchi 
omillar 
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi turlari bu tovar (tijorat) va pul 
kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik 
sub‘ektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir. Ko‘pincha bunday 
kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Kreditning mazkur 
shakli cheklangan va uni keng qo‘llashga quyidagilar to‘sqinlik qiladi: a) qarz 
beruvchining rezerv mablag‘i, zahira fondi cheklanganligi; b) tovar shaklidagi 
kreditni ishlatishning cheklanganligi.
Pul krediti nafaqat tovar muomalasiga balki kapital jamg‘arilishga ham 
xizmat qiladi. Pul shaklidagi kredit bitimlar hajmi, muddati, yo‘nalishi bo‘yicha 
cheklanmaganligi jihatidan tovar kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va 
ustun shakliga aylantiradi. 
Kredit har xil mezonlar asosida turkumlanadi. 
I.
 
Qarz beruvchi va oluvchining asosiy toifalariga ko‘ra: xo‘jaliklararo, aholi 
va davlat kreditlari farqlanadi. 
Davlat krediti:
Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz 
beruvchi sifatida chiqishi natijasida davlat krediti paydo bo‘ladi. Davlat aholidan, 
firma, korxonalar, tashkilotlar, banklardan qarz olganda qarzni uzish va foiz 
to‘lashni kafolatlaydi. Qarz va uning foizi byudjet mablag‘i hisobidan qoplanadi. 
Davlat qarzni eng avvalo byudjet taqchilligini qoplash uchun oladi. Kredit 


402 
munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o‘tamay, qarz beruvchi rolini ham 
bajaradi. Davlat o‘z mablag‘lari hisobidan qarz fondini tashkil etadi, xazinadan 
qarz beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan, korxona va tashkilotlarga ularning 
moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun sarflanadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin