Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Xo’jaliklararo pul krediti
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning bir-biriga bera-
digan krediti. Bunday holda kredit korxona, tashkilotlar tomonidan aktsiya, obli-
gatsiya, kredit kartochkalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish orqali 
beriladi. Bu operatsiyalar korxonalarning markazlashtirilmagan moliyalashtirish va 
kreditlash tizimi degan nom olgan. 
II.
 
Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste‘mol, ipoteka va xalqaro kreditlar 
ajratiladi. 
Iste’mol krediti 
aholi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, tovar 
yoki pul shaklida berilishi mumkin. Bu kredit eng avvalo uzoq muddat 
foydalaniladigan iste‘mol tovarlarini sotib olish uchun beriladi hamda unga belgi-
lanadigan foiz birmuncha yuqori bo‘ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham o‘z 
o‘rniga ega. Jumladan, talabalarga o‘qish haqini to‘lashlari uchun maxsus ta‘lim 
kreditlari beriladi. Hozirgi paytda, uy-joy qurish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun 
imtiyozli kredit berish keng qo‘llaniloqda. 
Ipoteka krediti:
ko‘chmas mulk (yer, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo‘yib 
olinadigan kredit.
Xalqaro kredit
- bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosidagi harakatidir. 
Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Qarz beruvchi va qarz 
oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, hukumatlar, yirik korpo-
ratsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlar bo‘lib, ularning kredit berish shartlari 
bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin. 
III.
 
Berilish vaqtiga ko‘ra: qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar ajratiladi. 
Qarz hajmi va muddatining cheklanish darajasiga ko‘ra limitlangan va 
limitlanmagan kreditlar farqlanadi. 
IV.
 
Ishlatilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: aylanma kapitalini 
tashkil etish, hamda asosiy kapitalni sotib olish uchun foydalaniladigan kreditlar. 


403 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin