Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
 
25.1-chizma. Pulga bo’lgan umumiy talab va foizning muvozanatli stavkasi 
Pulga umumiy talab (D
m
) bilan uning taklif (Sm) o‘rtasidagi muvozanat pul 
bozorida foiz stavkasini (r) belgilaydi. 
Kapital bozorida foiz stavkasi bir tomondan pul kapitaliga talab, ikkinchi 
tomondan uning taklifi asosida shakllanadi.
Foiz stavkasiga qarz berishning xatarlik darajasi ham ta‘sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy faoliyatdagi xavf-xatarning mavjud bo‘lishi, bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‘lganligi sababli pul egasi doimo tavakkal qiladi. Qarz berilayotganda xavf-xatar 
qancha katta bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ayniqsa qimmatli 


406 
qog‘ozlar bozorida aniqroq namoyon bo‘ladi. Chunki qimmatli qog‘ozlarning 
ishonchliligi, daromadliligi doimo bank foiziga teskari mutanosibdir. 
Foiz belgilashda vaqt omili juda muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra pul egasi 
o‘z pulini bugungi ehtiyojiga sarflamay qarzga beradi. 
Kishilar har doim hozirgi kundagi ne‘matlardan foydalanishni, kelajakdagi 
iste‘moldan yuqori baholaydi. Shu sababli ular hozir qondirishi mumkin bo‘lgan 
ehtiyojini keyinga qoldirmasdan ne‘matlardan foydalanishga harakat qiladi.
Foiz darajasiga yuqoridagilardan tashqari qarzga olinadigan pulni 
ishlatishdan olinadigan foyda, qarz to‘lash muddati va sharti, tahlika darajasi kabi
omillar ta‘sir ko‘rsatadi. 
5.
 
Kredit-bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati
Kredit tizimi banklar va boshqa moliya kredit muassasalarining tashkiliy 
huquqiy shakllariini o‘z ichiga oladi. Kredit tizimi bo‘sh pul mablag‘larini to‘plab 
ssuda kapitaliga aylantirish bilan birga tashqari omonatlar qabul qilish va ular 
bo‘yicha turli hisoblar ochish, aktsiya va obligatsiyalar chiqarish, moddiy 
boyliklarni saqlash, to‘lov operatsiyalarida vositachilik qilish vazifalarini ham
bajaradi.
Kredit tizimi kreditlash mehanizmiga tayanadi. Kredit mexanizmi o‘z ichiga 
kreditlash shakllarini, sharoitlarini, usullarini, uni boshqarish tizimini oladi. Kredit 
mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Kredit me-
xanizmining muhim tarkiblaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib, u kredit mu-
nosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Kredit tizimining 
hal qiluvchi bo‘g‘ini-bu bank tizimidir. 


407 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin