Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

V.
 
Kredit qaytarilishi ta‘minlanganligiga ko‘ra: ta‘minlanmagan yoki 
blankali (overdraft, kontokorrent) va ta‘minlangan kredit farqlanadi; 
VI.
 
Berish usuliga ko‘ra: kompensatsion ya‘ni o‘z mablag‘larini to‘ldirish 
uchun hisob varaqasiga o‘tkaziladigan va to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiri-
ladigan kreditlar ajratiladi; 
VII.
 
Qaytarilish tartibiga ko‘ra: to‘lash muddati uzaytirilgan, bo‘lib 
to‘lanadigan, hamda birdaniga to‘liq qaytariladigan kreditlarga bo‘linadi.
Kredit qaysi shaklda berilishidan qat‘iy nazar, uning asosiy tamoyillariga 
rioya qilinishi kerak. Bular quyidagilar: 
1. Qaytarilishligi.
Bu faqat kreditning tamoyili bo‘lmasdan, balki uning 
xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uning pul berishning boshqa shakllari 
(subsidiya, dotatsiya kabilar)dan farqi ham shunda, qaytarilish tartibi bo‘lmasa 
kredit munosabatlari ham amal qilmaydi. 
2. Muddatliligi.
Kredit berishning bu tamoyilida kredit shartnomasi 
tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko‘rsatiladi.
3. To’lovliligi.
Qarz olib, ishlatilgan mablag‘ uchun ma‘lum miqdorda foiz 
to‘lanadi. Foiz stavkasi shakllanishiga eng avvalo, talab va taklif, Markaziy bank 
hisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi foiz va depozitlar stavkasi ta‘sir etadi. 
Depozitlar bo‘yicha stavka qancha yuqori bo‘lsa, kredit uchun foiz ham shuncha 
yuqori bo‘ladi.
4. Moddiy jihatdan ta’minlanganligi.
Bu tamoyil qarz oluvchining olingan 
mablag‘ni qaytarishiga real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish 
uchun real tovar moddiy boyliklar zaxirasi hisobiga olinsa, shuning o‘zi kreditning 
ta‘minlanganini bildiradi.
Kredit berishda garov olish yoki kafil bo‘lish alohida o‘rin tutadi. Kafolatli 
shartnoma asosida kredit jismoniy shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, fermerlar, 
ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko‘ra kafolatchi qarzni 
qaytarishiga kafil bo‘ladi. Qarz shartnomasi sug‘urta kompaniyalari javobgarligi 
asosida ham tuzilishi mumkin. 


404 
5. Maqsadliligi.
Kredit qat‘iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank 
kredit berishda qarz olayotgan sub‘ekt uni nima maqsadda olayotgani, undan 
qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi. 
6. Kredit berishga tabaqalashgan holda yondashish.
Bu tamoyil turli qarz 
oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi.
Rivojlangan bozor xo‘jaligida 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin