Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

25.1-chizma. Pulga bo’lgan talab 
Keyns nazariyasiga ko‘ra pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda 
foizi normasiga bog‘liq: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri 
mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta‘sir ko‘rsatadi. 
Muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay 
qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar 
uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va 
natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. 
YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning 
muvozanatli stavkasini oshiradi. Aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va 
narx darajasini belgilab beradi. 
3.
 
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari 
Kredit pulni ma‘lum shartlarga amal qilgan xolda qarzga berish va uni 
maqsadli ishlatishni bildiradi. Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda 
vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar 
tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki 


399 
shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan 
kreditdan farq qilgan.
Sudxo‘rlik salbiy tomonlari bilan birga kapitalning dastlabki jamg‘arish 
uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan. Industrial jamiyat va 
bozor xo‘jaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini 
yuritish qiyinlashib qoldi. 
Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida 
to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Kapital 
harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo‘sh 
pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga 
ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi. 
Kredit
iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan 
pul mablag‘larning ma‘lum muddatga, xaq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va 
uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit munosabatlari ikki sub‘ekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul 
mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya‘ni qarz oluvchilardir. 
Kredit sube‘ktlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat 
va turli toifa aholi qatlamlari hisoblanadi. Bir sub‘ektning o‘zi bir vaqtda ham qarz 
oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi 
bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. 
Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. 
Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Kredit bir qator vazifalarni 
bajaradi. 

Taqsimlash vazifasi. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali 
kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga 
oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta‘minlanadi. 

Joriy qilish. Kredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari va unga 
tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya 
qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi. 


400 

Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, 
moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi 
barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi. 

Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali 
tejamkorlik, iqisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. 

Ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini 
harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin