O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi
(2016y. foizda)
24.1-жадвал
DAROMADLAR
XARAJATLAR
Darmomadlar jami
100,0
Xarajatlar jami
100,0
Bevosita soliqlar
24,0
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
55,6
Bilvosita soliqlar
51,5
Iqtisodiyotga xarajatlar
10,6
Resurs to‘lovlari va mulk
Markazlashtirilgan
investitsiyalarni
380
solig‘i
12,9
moliyalashtirish xarajatlari
5,1
Boshqa daromadlar
11,6
Davlat hokimiyati organlarini saqlash
xarajatlari
4,5
YaIMga nisbatan
20,6
Boshqa xarajatlar
21,0
YaIMga nisbatan
20,5
Byudjet taqchilligi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib,
byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul
emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish
orqali qoplanadi.
Davlat byudjetining daromadlari xarajatlardan ortiqcha bajarilishini profitsit
ko‘rsatkichi ifodalaydi. Profitsitga ega byudjet sog‘lom iqtisodiyotini ifodalaydi.
3.
Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari
Soliq iqtisodiy tushuncha sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga
jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil
qiladi. Soliq huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini ravishda
byudjetga jalb qilish shaklidir. Soliq bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil amal
qiladi va moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni yig‘ish davlat
tomonidan belgilangan tartib va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Davlat
tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari
birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Hozirgi davrda davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining
o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi:
1.
Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi
o‘zgarmay qolgan taqdirda ham aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne‘matlar va
xizmatlar bilan ta‘minlash qo‘shimcha mablag‘larni zarur qilib qo‘yadi.
2.
Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi kishilar turmush
darajasining ortishi ijtimoiy soha hizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
381
3.
Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‘sishi va urbanizatsiyaning
quchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‘p
miqdordagi moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish havo, suv va
yerning ifloslanishi shaklidagi qo‘shimcha xarajatlarning o‘sishini keltirib
chiqaradi.
4.
Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga
xususan ijtimoiy sug‘urtani rivojlantirish, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy
ta‘minot, tekin meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga
dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kabilar kiradi.
5.
Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta‘minlash xarajatlari hajmining
o‘sishi.
Iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi
umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda
soliq undirishning majburiyligi;
soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning progressiv
shakllari uchun soliq me‘yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta‘minlash;
soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub‘ektlar majburiyati ustidan moliyaviy
nazorat.
Olinadigan soliq summasining (R) soliq olinadigan daromad summasiga (D)
nisbatining foizdagi ifodasi
soliq stavkasi
(R`) deyiladi yoki:
фоиз
D
R
R
100
`
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1.
Naflilik tamoyili
har xil sub‘ektlardan, ularning soliqlar hisobiga
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq
undirilishi kerakligini bildiradi.
382
2.
To‘lovga layoqatlilik tamoyili
soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish
daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur.
3.
Adolatlilik tamoyili
daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish
darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur.
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va
sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari
keng tarqalgan:
ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma‘lum guruhlarni (masalan,urush
faxriylarini) ozod qilish;
soliq darajasi (stavkasi) ni pasaytirish;
soliq olinadigan summadan chegirish;
soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma‘lum
miqdorga kamaytirish)
Soliqlarni turkumlashga har hil mezonlar asosida yondashiladi.
I.
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar
odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv
(kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.
Agar soliqning o‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‘sib borsa,
progressiv soliq hisoblanadi.
Daromadlar o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar
regressiv soliqlar deyiladi.
Proportsional soliq o‘rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog‘liq bo‘l-
magan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi.
II.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra soliqlar quyidagi turlarga ajratiladi:
Daromaddan olinadigan soliqlar. To‘lovchining yillik daromadidan
chegiriladigan qismi;
383
Foydasidan olinadigan soliqlar huquqiy shaxslarning sof foydasidan
olinadi;
Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya
va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga
shakllantiriladi;
Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda
boyliklardan olinadi;
Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aktsizlar,
shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.
III.
Undirilishi usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita soliqlar farqlanadi.
Bevosita soliqlar iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayonida sub‘ektlar
daromadlari hisobidan undirilsa, bilvosita soliq to‘lovchilar tovar va xizmatlardan
foydalanuvchilar hisoblanadi, shu sababli bilvosita soliqlar tovarlar narxiga ustama
sifatida yuzaga chiqadi. Bilvosita soliqlarga aktsizlar,boj to‘lovlari va qo‘shilgan
qiymat solig‘i kabilar kiradi.
IV.
Amal qilish ko‘lamiga ko‘ra yoki undirilish darajasidan kelib chiqib
umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlar ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi
soliq kodeksida belgilanganidek, (23-modda) mamlakat xududida umumdavlat
soliqlar, majburiy to‘lovlar va yig‘inlar amal qiladi. Umumdavlat soliqlariga
quyidagilar kiradi:
Foyda solig‘i (huquqiy shaxslardan)
Daromad solig‘i (jismoniy shaxslardan)
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Aktsizlar
Yer qa‘ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus
to‘lovlar.
Umumdavlat darajasidagi majburiy to‘lovlar quyidagilar: yagona ijtimoiy
to‘lovlar, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘arma yoki majburiy ajratmalar; respub-
lika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar; bojxona
to‘lovlari.
384
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i; transport vositalariga yoqilg‘idan foydalangani uchun
olinadigan soliq (jismoniy shaxslardan) mahalliy darajada ayrim turdagi tovarlar
bilan chakana savdo qilish va xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im majburiy
to‘lov hisoblanadi mahalliy soliqlar tarkibiga kiradi.
V.
Soliq to‘lovchi subektlar turidan kelib chiqib jismoniy va huquqiy
shaxslardan undiriladigan soliqlar farqlanadi.
Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish soliq deklaratsiyasi
yordamida amalga oshiriladi. Soliq deklaratsiyasi
soliq to‘lovchining joriy
davrda olgan umumiy daromadi haqidagi rasmiy tasdiqlangan yozma bayonoti.
Unda soliq to‘lovchining olgan daromad manbalari ko‘rsatilib qayd qilinadi va
beriladigan soliq imtiyozlari haqida ham ma‘lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: |