Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
24.1-chizma. Laffer egri chizig’i
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar 
zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab 
chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘-
larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi 
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan 
foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘-
batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga 
qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda ishlovchilar ish 
xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘bat-
lantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi. 
Respublikamizda korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga 
erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham 
e‘tibor qaratiladi. ―Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini 


387 
soddalashtirish yo‘lini davom etish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va 
rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish‖
75
imkonini ham beradi. 
Bunda tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, 
mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning 
progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi. 
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan 
ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun erosti boyliklari, suv 
va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining 
navbatdagi yo‘nalishidir. 
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida 
aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. 
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy 
byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e‘tibor qaratiladi. 
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini 
takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustah-
kamlash, to‘lov majburiyatlarini bir me‘yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini 
tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin