Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga solish 
dastaklari 
Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta‘minlash va inflyatsiyani oldini olish orqali 
aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir. 
Davlatning iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining 
ichki va tashqi sharoitlarini hisobga oladi. Bular eng avvalo mamlakat 
iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon‘yunkturaning milliy iqtisodiyotga 
ta‘siri, undan kutilayotgan o‘zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalqaro 
majburiyatlar, milliy iqtisodiyotning resurslar bilan ta‘minlanish darajasi kabilar
shular jumlasidandir.
Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda 
ma‘lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 


426 
1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bu yalpi ichki maxsulotning 
bir maromda va etarli sur‘atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlash zarurligini 
bildiradi.
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. 
3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash.
4. Milliy pul barqarorligini ta‘minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining 
me‘yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga 
aylantirish imkonini beradi. 
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning 
ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi. 
6. Milliy xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol ishtirok etishga 
erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishi, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga 
sharoit yaratadi.
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya‘ni uzoq davrga muljallangan 
maqsadi hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan kelib chiqib qisqa davrdagi 
vazifalarini belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narx-
larning barqarorligini ta‘minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport 
salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni ta‘minlash, yangi tashqi bozorlarga 
kirib borish kabilar kiradi. 
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. 
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 

bevosita ta‘sir qilish usullari;

bilvosita ta‘sir qilish usullari; 

tashqi iqtisodiy usullar. 
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning 
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa, 
bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga 
solish bilan bog‘langan.


427 
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan 
foydalaniladi. Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, 
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Tartibga solishning ma‘muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror 
ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga 
solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqti-
sodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma‘muriy 
vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida 
ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari ( transport, aloqa, atom va elektr-
energetika, kommunal xizmat va boshqalar)ni bevosita boshqarish. Bunda davlat 
mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotchilar 
iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib, 
ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar 
doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma‘lum sharoitlarda 
iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz 
bo‘lib qolishi ham mumkin.
Respublikada ―Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa 

davlatning 
funktsiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga birinchi galda 
xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash
84
‖ hisoblanadi; 
b) narxlar va ish haqini qotirib qo‘yish siyosati: Mazkur siyosatni yuritishda 
narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma‘lum doira bilan 
cheklanadi.
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish:
davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. 
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta‘minlanmaganlarga nafaqa be-
radi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi; 
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab 
chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik 
84
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: ―Янги асар авлоди‖, 2001 йил.62-бет. 


428 
to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga 
solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar.) 
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga 
ustunlik beriladi. 
IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya 
ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy tsikl va 
bandlikka ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari ham roli muhim. 
Jumladan, bozor kon‘yukturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida 
xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu 
orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga 
harakat qiladi.
Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, 
kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol 
o‘ynaydi.
IDTTSning ancha qamrovli shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. 
Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks 
foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favqulodli va maqsadli 
bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga 
tuziladi. Favqulodli dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy 
ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli 
xususiyatga ega bo‘ladi.
IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda 
maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga 
oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta‘sir ko‘rsatiladi. 
Tovarlar, 
hizmatlar, 
kapital 
va 
fan-texnika 
yutuqlari 
eksportini 
rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va 
eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki 
bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga 


429 
chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan 
ishchi kuchini jalb qilish, halqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo 
uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga 
solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy 
usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yorda-
mida amalga oshiradi. Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar 
bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, 
investitsiyalar va transfertlar, turli iqtisodiy sanktsiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy 
vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan 
rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti 
hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. 
Uchinchisi, ma‘muriy vositalar. Ma‘muriy vositalar qo‘shimcha hisoblanib, 
u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin