Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

nazariya va qarashlar. 
2.
 
Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari. 
3.
 
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga 
solish dastaklari. 
4.
 
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi. 
 
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil 
nazariya va qarashlar 
Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
muammosi paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va 
Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. 
Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Evropa mamlakatlarining 
mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka axolisini itoatda ushlab tu-
rish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati 
paydo bo‘lgan.
XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining 
ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir 
qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, 
yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni 
ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933 yillardagi jahon 
iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan.U iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishning har xil 
usullarini qo‘llab, tsiklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli 
masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) nomli kitobida 


419 
bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta‘kidlab 
o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat 
nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar 
iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega 
bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz 
ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘bat-
lantiradi.
A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1929 - 1933 yillarda bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy 
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik 
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini 
ko‘rsatdi. 
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj. M.Keynsning «Ish 
bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini 
topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, 
jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini 
ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu 
darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. 
Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borish 
holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim 
maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni 
ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish 
jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi. 
XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning 
«reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini 
boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi. 
Angliyaning London shahrida 2008 yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng 


420 
rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida ham davlat iqtisodiyotga 
aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin