Bu g‘doy va boshqa g‘alla ekinlarining unayotgan uru g‘lari mo g‘orlashi va maysalarining ildizlari chirishi


Bu g‘doyning zang kasalliklarining zarari



Yüklə 153 Kb.
səhifə4/10
tarix31.05.2022
ölçüsü153 Kb.
#60150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ғалла донли экинларнинг касалликлари ва уларга қарши кураш чоралари

Bu g‘doyning zang kasalliklarining zarari
Bu g‘doy hosiliga ta’siri b o‘yicha eng zararli zang poya zangi b o‘lib, ikkinchi o‘rinni sariq zang egallaydi va undan keyin q o‘n g‘ir zang turadi. Bu kasalliklar bu g‘doy rivojlanishida quyidagi buzilishlarga olib keladi.
● Fotosintez kamayadi;
● Ildiz sistemasi zaiflashadi, o‘simlik suv va ozuqa
moddalar olishi susayadi;
● Transpiratsiya kuchayadi;
● O‘simliklar b o‘yi pasayadi;
● Poya diametri va uning yotib qolishga va sinishga
chidamliligi kamayadi;
● Boshoqda gullar va tugilgan donlar soni kamayadi;
● Donning absolyut o g‘irligi kamayyadi (don puch b o‘lib qoladi);
● Ba’zan mahsuldor poya soni kamayadi;
● Kuchli zararlangan o‘simliklar o‘smaydi, fotosintez t o‘xtaydi va ular
nobud b o‘ladi;
Umumiy don hosili pasayadi;
● Bu g‘doy poyasi va somonining miqdori kamayadi.
YUqorida keltirilganlar bevosita zararlar b o‘lib, zang tufayli k o‘riladigan bilvosita zararlarga yi g‘im-terim paytida (ayniqsa kombayn bilan o‘rilganda) yaxshi t o‘lmagan don y o‘qotilishi, yotib qolgan va b o‘yi past b o‘lib qolgan ekinni o‘rib olishdagi qiyinchiliklar, don sifati va uning bozor bahosi pasayishi kiradi.


2.2.Donli ekinlarning boshka kasalliklari: un-shudring, qo‘ng‘ir va sariq dog‘lanish, septorioz, arpaning tasmacha shaklli, to‘rsimon va xoshiyali doglanish kasalliklari; donli ekinlarning murtak qorayishi kasalligi, ildiz chirishi, bakterial, virus va fitoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralri.
G‘alla ekinlarining un-shudring kasalliklari
G‘alla ekinlarining un-shudring kasalliklarini Ascomycota b o‘limi, Euascomycetes sinfi, Pyrenomycetes tartiblar guruhi, Erysiphales tartibi, Erysiphaseae oilasi, Erysiphe turkumiga mansub b o‘lgan Erysiphe graminis zamburu g‘ining ikkita maxsus shakli - bu g‘doyda f. sp. tritici, arpada f. sp. hordei – q o‘z g‘atadi.
O‘zbekistonda U-SH sulida juda kam uchraydi.
G‘alla ekinlari orasida arpa un-shudring bilan eng kuchli zararlanadigan ekin hisoblanadi.
Bu zamburu g‘ning bu g‘doy va arpa o‘simliklaridagi tashqi belgilari (20 rasm) (barg, poya, ba’zan boshoqlar ham zararlanadi), uning jinsiy (kleystotetsiy, ask va askosporalari) va nojinsiy (konidiyalari) k o‘payish
organlarining morfologiyasi (21, 22 va 23 rasmlar) hamda ekinlardagi
infektsion va rivojlanish tsikllari bir xil.
Q o‘z g‘atuvchi zamburu g‘ning konidiyalari shamol bilan boshqa o‘simliklarga oson tarqaladi va ularni zararlaydi. Un-shudring 15-20oS va 96-99% HNN da juda tez tarqaladi va rivojlanadi.
YOz oxiri-kuzda kasallangan organlar ustida zamburu g‘ning qishlovchi bosqichi – kleystotetsiylar paydo b o‘ladi. Ularning ichida askosporalar yetiladi va unib chiqqan kuzgi ekinlarni zararlaydi ( O‘zbekistonda tajribada isbot qilinmagan). Zamburu g‘ zararlangan g‘alla o‘simliklarida hamda yovvoyi holda o‘sayotgan boshoqli o‘tlarda mitseliy vositasida qishlaydi.
Bu g‘doy va arpada kasallik tufayli 2-3% dan 20-25% gacha hosil y o‘qotilishi mumkin, ammo O‘zbekistonda kasallikning zarari tajribalarda o‘rganilmagan.
Kurash choralari

  • Almashlab ekish.

  • yerni chuqur haydash, begona o‘tlarni y o‘qotish.

  • Bahori va kuzgi g‘alla ekinlarini yaqin joylamaslik.

  • Un-shudringga chidamli navlar yaratish va ekish.

  • Kasallik kuchli tarqalishi xavfi paydo b o‘lsa, tavsiya

qilingan fungitsidlardan biri bilan ishlov berish
lozim.

Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin