Bu g‘doy va boshqa g‘alla ekinlarining unayotgan uru g‘lari mo g‘orlashi va maysalarining ildizlari chirishi



Yüklə 153 Kb.
səhifə9/10
tarix31.05.2022
ölçüsü153 Kb.
#60150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ғалла донли экинларнинг касалликлари ва уларга қарши кураш чоралари

Poya qorakuya kasalligi Urocystis tritici
Bu g‘doyning bu kasalligi Ozarbayjonda, Gruziyada, Turkmanistonda, O‘zbekistonda, Qir g‘izistonda va Qozo g‘istonda uchraydi. Lekin bu kasallikni eng k o‘p tarqalgan joyi Qrim va Stavropol o‘lkasi b o‘lib hisoblanadi.
Kasallikni asosiy belgilaridan biri shundan iboratki, poyada, bargda va barg q o‘lti g‘ida uzunasiga ketgan b o‘rtib chiqqan chiziqlar hosil qiladi. Bu chiziqlarni rangi avvalo och-oqimtir rangda b o‘ladi, keyinchalik qoraya borib, k o‘r g‘oshinli kul rangga kiradi. Epidermisni qurishi natijasida chiziqlar yoriladi, ichidagi qora telioporalar k o‘rinib qoladi, chiziqlar bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha b o‘ladi.
Kasallikka chalingan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, boshoq o‘rnida buralgan t o‘qima massasi hosil b o‘ladi.
Kasallik k o‘z g‘atuvchilarning teliosporalari 1-5 donagacha bir joyga t o‘plangan, markazga joylashgani spora beradigan teliospora b o‘lib, uning atrofiga joylashganlari (5-20 tagacha), k o‘pincha (10 ta) spora bermaydigan teliosporalar hisoblanadi.
Spora beradigan teliosporalar sharsimon va ellips shaklida, jigar rang, q o‘n g‘ir rangda b o‘ladi.
Makkaj o‘xorini chang qorakuya kasalligi Sorosporium relianum Mc. Apl. f. zeae
Makkaj o‘xorining bu kasalligi Markaziy Osiyoda, Moldaviyada, SHimoliy Kavkazda, Ukrainada keng tarqalgan.
Kasallik makkaj o‘xorini sultonini va s o‘tasini zararlaydi. Kasallangan sulton t o‘liq yoki qisman changlanuvchi qora massaga aylanadi. S o‘ta o‘rnida shish paydo b o‘ladi, bu shishlar ichida k o‘plab qora massali spora hosil b o‘ladi. S o‘ta pishish davriga borib yashil va zich s o‘ta o‘ramlari sar g‘ayadi, quriydi va ochiladi. Sporalar sekin tarqaladi, chunki bularni s o‘ta tolalari t o‘sib turadi. Kasallangan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, bargi kuchli rivojlanadi va rangi o‘zgaradi, hosildorlik 15-20 % kamayadi.
Teliosporalar asosan makkaj o‘xori iplari hosil b o‘lish paytida pishadi. Ular changib ma’lum bir qismi (asosan) tuproq betiga tushadi. Ma’lum qismi uruqqa tushadi asosan donni (s o‘tani) yi g‘ishtirish paytida. Patogen bilan zararlanish uru g‘ni unish paytida uru g‘ nishi yer betiga chiqqunigacha r o‘y beradi. Ayrim vaqtda o‘simlik 2-3 barg hosil qilganida r o‘y beradi. Teliosporalar o‘sib fragmabazidiyali bazidosporalar hosil qiladi.
Sporalarni k o‘plab o‘sishi harorat 28-30 °S daraja va me’yordagi namlikda yaxshi o‘tadi. Hamma teliosporalar shu yilning o‘zida unmaydi, ayrimlari 2 yil davomida unib chiqish qobiliyatini y o‘qotmaydi.
Sorosporium relianum Mc. Apl. f. zeae faqat generativ organlarini yemirmasdan, balki vegetativ hujayralarini ham yemiradi.
Qarshi kurash: Almashlab ekish, uru g‘larni ekishdan oldin albatta dorilash, chidamli navlar ekish.

Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin