2.Audit.
3. Tahlil.
Xujatli tekshirish usullari.
1. Dasturiy baholash.
2. Arifmetik tekshirish.
3. Huquqiy baholash.
4. Mantiqiy nazorat.
6. Qarshi tekshirish.
7. Taqqoslash.
8. Balans bog’liqliklarini tekshirish.
Xaqiqiy tekshirish usullari:
1. Inventarizatsiya.
2. Ekspertiza.
3. Kuzatish.
4.O’lchash.
5. Xranometraj.
6.Laboratoriya
tahlili
7 Sud buxgalteriya ekspertizasi.
Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usularini yaratishni majbur
etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo’lib
hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo’jalik
faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir hil ko’rinishni kasb
etadi.
AQSh, Frantsiya va Germaniya kabi davlatlarda, agar ichki audit sifatini
tekshirish mavjud standartlarga muvofiqamalga oshirilganliginini tasdiqlasa, ichki
auditor hisob xujjatlarida “Ichki audit Xalqaro professional standartlariga muvofiq
bajarilmoqda”, deb qayd qilishi mumkin. Ushbu standartlar
va Axloq kodeksi
talablari qisman bajarilmasa va mazkur holat amalga oshirilgan ishlar hajmi yoki
siftiga ta’sir qilsa, bu xaqida axborot ichki audit xizmatiga, xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlarning raxbariyatiga ma’lumot uchun etkazilishi kerak
1
.
2.
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o’rni va
axamiyati
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish
va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining,
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
va respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
1
R.Dodj Kratkoe rukovodstvo po standartam i normam audita: Per. s angl., predislovie S.A.Stukova. (Audit: teoriya
i praktika). – M.: Finansi i statistika; YuNITI, 2009..
mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar
va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjetidan,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ
tomonidan tasdiqlanadigan
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirishga:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston
Respublikasi Hisob
palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli
organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida
davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini
o’tkazishning
qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati
natijalarining
ishonchliligi
va
xolisligi
davlat
moliyaviy
nazoratining
printsiplaridir.
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va
yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha
budjet
daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini
alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya budjet
intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir.
Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish,
mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch turi
qo’llaniladi:
-
dastlabki nazorat;
-
joriy nazorat;
-
keyingi nazorat.
Dostları ilə paylaş: