qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga mosligi,
hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat
– umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va
hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
3.
Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat
organlarining vakolatlari
Davlat
moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet
to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki
tekshirishda aniqlangan
buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va
o’rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
-
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar
g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga
oshiriladigan;
-
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik
bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga
oshiriladigan;
-
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet
Kodeksining 171-moddasida
ko’rsatilgan davlat
moliyaviy nazorat organlari
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
-
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya,
moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa
hujjatlarni nazorat qilish;
-
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya,
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
2. nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
-
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining
muayyan davr uchun
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish;
-
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun
ayrim masalalar bo’yicha
faoliyatini nazorat qilish;
-
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va
turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga
olgan tekshirish.
Dostları ilə paylaş: