Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari;
Asosiy vositalar kirimi hisobi;
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi;
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks ettirish;
Nomoddiy aktivlar hisobi
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi. Tashkilotlar o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.
Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.
Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydanjoyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish; 3. Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Asosiy vositalar qonunchilik (―1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida‖ Nizom) da belgilangan tartibda har yili qayta baholanadi. Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash har yili (joriy yilning 1 fevraligacha) 1 yanvar holati bo’yicha qayta baholashni o’tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi. 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy fondlar bo’yicha esa - harid qilish qiymatidan amalga oshiriladi.
Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta baholanmaydi.
Nizomga ko’ra asosiy vositalarning to’liq tiklanish qiymati tashkilotning hohishiga qarab qayta baholashni o’tkazish davrida 1 yanvarga shakllangan, baholanayotganlariga aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarga hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha alohida ob’ektlar qiymatini bevosita hisoblash yo’li bilan yoki asosiy fondlar turlari bo’yicha va ularni harid qilish davrlariga bog’liqlikda tabaqalangan asosiy fondlar qiymatini o’zgartirish indekslarini qo’llagan holda ayrim ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatini indekslash yo’li bilan aniqlanadi.
Bunda asosiy fondlarning bir turdagi ob’ektlari (markalari, hillari va hokazo) bo’yicha yagona usul qo’llaniladi.
Bevosita qayta baholash usuli qo’llanilganda ob’ektlarning to’liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning hohishiga ko’ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
tayyorlovchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo birjalari, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan huddi shunday mahsulotga doir narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
qayta baholashni o’tkazish sanasiga va asosiy fondlarni xarid qilish sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo’llagan holda harid qilish sanasiga EAVda asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida) ma’lumotlar;
v) tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi
ma’lumotlar;
g) qayta baholashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar; d) asosiy fondlar qiymati to’g’risida baholovchining hisoboti.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni hisobini tashkil etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish; o kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul
qilish-topshirish; o beg’araz kelib tushish;
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini
aniqlash; o qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Cotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar; - asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Tashkilotning o’zida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) bo’yicha aks ettiriladi.
Beg’araz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya hisobida qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan joriy qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o’zgartirishga asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar ob’ektining texnologik yoki xizmat mo’ljalining o’zgarishi, oshirilgan ishlar ko’lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo’lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar ob’ektlarini qayta qurish kiritiladi.
Asosiy vositalar oldi sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olinganda, beg’araz olinganda yuk xati (schyot faktura yoki nakladnoy)ga asosan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan olinadi. Korxonada raxbar tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni qabul qilish va hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy faoliyat qiladigan komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1 shakldagi Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, raxbar tomonidan tasdiqlanadi va tegishli bo’lgan texnik xujjatlar(pasport va boshqalar) ilova qilinadi.
Qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalar bo’yicha tugallangan ishlarni qabul qilish AV-3-son shakldagi qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish bo’yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma mazkur ishlarni amalga oshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazilganda yoki inventarizatsiya natijasida asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlari komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1 shakldagi Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi.
Yuqoridagi xujjatlarga asosan AV-6, AV-8, AV-9 – son inventar kartochkalar ochiladi va buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi 6memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Budjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi ―Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro’yxatga olingan)ga muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo’shib) va xo’jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bo’lgan yoshga etgan ko’p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo’yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli qonunchilik bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o’rnatilgan tartibda belgilashlari mumkin. Asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko’rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu ob’ektning amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu ob’ektning samarali foydalanish muddatini qayta ko’rib chiqadilar.
Beg’araz olingan asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:
tashkilotlardan olinganlar uchun – amalda foydalanilgan muddatlarini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun – tashkilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan ob’ektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo’yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo’lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o’quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog’i va shunga o’xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo’lgan yoshga etmagan ko’p yillik ko’chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo’yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha eskirish hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. Asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to’liq qoplangan yoxud bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to’xtatiladi. Asosiy vositalar ob’ektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to’xtatilmaydi, ob’ektlarda amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to’liq to’xtatilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar ob’ektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o’zgarishi mumkin.
Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek ob’ektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o’zgartirilayotgan bo’lsa, asosiy vosita ob’ektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to’liq eskirish summasi alohida inventar ob’ektlari bo’yicha aniqlanadi.
Avval foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati o’rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko’rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarga belgilangan me’yorlar bo’yicha eskirish hisoblanganda buxgalteriya tomonidan buxgalteriya raschyotlari, ma’lumotnomalari tuzilib ushbu xujjatlarga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib, 274-son shakldagi memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi ―Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom‖ (O’zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy xujjatlarga tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi: - tugatish;
sotish;
beg’araz berish;
kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to’g’risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo’yicha Budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish Budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo’lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo’ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi. Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo’lish va demontaj qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko’chirish operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada (9memorial orderda) olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir hujjat bo’yicha yoziladi. Bunda, ―Jami‖ ustunida (tikqatorida) yoziladigan hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko’chirilgan moddiy ashyolar summasi subschyotning debet bo’yicha summasiga teng bo’lishi kerak. Oyning oxirida subschyot bo’yicha natijalar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖ga yoziladi.
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo’lmasligi;
aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida foydalanish.
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo’ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo’lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
d) identifikatsiyalash imkoniyati.
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
ajraladigan bo’lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo’lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog’liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo’lsa.
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o’rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo’lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo’lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo’ladi.
Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda olish ehtimoli faqatgina quyidagi holda mavjud bo’ladi:
aktivning kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko’paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati isbotlanganda;
korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun etarlicha resurslar mavjud bo’lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo’lganda.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Bir inventar ob’ekti boshqasidan ajratilishi (identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo’lib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.
Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo’lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar kiritilishi mumkin:
patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga
bo’lgan mutlaq huquqi;
muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mutlaq huquqi;
v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning
topologiyalariga bo’lgan mutloq huquqi;
g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisiga bo’lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
d) huquq egasining selektsiya yutuqlariga bo’lgan mutlaq huquqi; e) gudvill
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti boyliklari, atrof-
muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to’g’risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;
z) er uchastkasidan foydalanish huquqi;
i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilishtopshirish;
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
beg’araz kelib tushish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini
aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra.
Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi
(sotuvchi)ga to’langan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
bojxona bojlari va yig’imlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
nomoddiy aktivlar ob’ektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga ko’ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar, sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
Tashkilotning o’zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda buxgalteriya birlamchi, yig’ma va hisob registrlarida aks ettiriladi. Jumladan:
nomoddiy aktivlar tashkilot tomonidan yaratilaganda nomoddiy aktivni barpo etish to’g’risida shartnoma, ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi xujjatlar, ob’ektni kirim qilib olish to’g’risidagi dalolatnoma;
Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olishda xuquqlar berilganligi to’g’risida shartnoma, amalga oshirilgan to’lovlarni tasdiqlovchi xujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;
Beg’araz kelib tushishi bo’yicha xuquqlar berilganligi to’g’risida shartnoma, qabul qilish dalolatnomasi, baxolash dalolatnomasi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash bo’yicha inventarizatsiya dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:
-tugatish;
-sotish;
-beg’araz berish;
-kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi; -qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi:
tugatish bo’yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan
chiqarilganda – hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma; sotish bo’yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to’lov
xujjatlari, chiqib ketish to’g’risida dalolatnoma; beg’araz berilish bo’yicha - chiqib ketish to’g’risida dalolatnoma; kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi bo’yicha – inventarizatsiya
dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishiga oid buxgalteriya xujjatlariga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi memorial order rasmiylashtiriladi. Memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.