Budjet tashkilotlarida bug’galteriya hisobi


Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə9/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#176422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abdumalikov Sherzod

Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar

  1. Budjet tashkilotlarida Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashning zarurligi.

  2. Joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashning davriyligi.

  3. Budjet tashkilotlarida Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.

  4. Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashni buxgalteriya hisobvaraqlari va hisob registrlarida aks ettirish.

Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik sub’ektlarida ma’lum bir hisobot davrida xo’jalik jarayoni natijasida o’ziga qarashli mablag’larni oshishi yoki kamayishidir. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari
(tushumlari, Budjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirgan kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining o’zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi.
Budjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) oshishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini kamayishidir.
Budjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki uning majburiyatlarini oshishidir.
Budjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining turlari bo’yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni:

  • Budjet mablag’lari bo’yicha;

  • to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha;

  • ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha;

  • Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; - Budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha.

Budjet tashkilotining Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning Budjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo’shimcha vaqt mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida Budjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Budjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natija 23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyotida hisobga olinadi.
23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo’linadi:

  1. ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖;

  2. ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖; 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖.

  1. ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.

Budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining debetiga yozib, hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

1

Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi hisoblanganda

231

173

421-son shakldagi foydalanilgan ish
vaqti hisobi va ish xaqi hisoblash













tabeli

2

Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov ajratmalari summasiga

231

161

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

3

Budjet mablag’lari hisobiga berilgan hizmat safari harajatlari hisobdan chiqarilganda

231

172

Avans hisoboti

4

Budjet mablag’lari hisobiga kommunal
to’lovlar uchun to’lov hisoblanganda

231

150

Yuk hati

5

Budjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar hisobdan chiqarilganda

230

231

Buxgalteriya ma’lumotnomasi


  1. ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyotida Budjet dan moliyalashtirilgan mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi.

Bu subschyotning kreditida g’azna ijrosiga o’tilmagan tashkilotlarda Budjet dan moliyalashtirilgan mablag’lar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul mablag’larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, joriy yilda Budjet ga qaytarib olingan mablag’lar summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul mablag’larini, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’larning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’lar summasiga 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyoti debetlanadi va 10 schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyotining kreditida aks ettiriladi.
G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida g’aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali Budjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan to’lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining oxirida amalga oshirilgan to’lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga oshirilgan to’lovlarni kamaytiradigan mablag’larni aks ettiradilar, bunda, debitor va kreditorlarni, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan Budjet mablag’larni, shuningdek amalga oshirilgan to’lovlarni Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarga yopilishi 230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotning kreditida va 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

1

Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi kassaga kirim qilinganda

120

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

2

Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov
ajratmalari o’tkazib berilganda

161

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

3

Budjet mablag’lari hisobiga hizmat safari harajatlari uchun beriladigan mablag’ kassaga kirim qilinganda

120

232

Avans hisoboti

4

Budjet mablag’lari hisobiga kommunal
hizmatlar uchun to’lovlar amalga oshirilganda

150

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

5

Budjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan kassa harajatlar hisobdan chiqarilganda

232

230

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotida tashkilotning Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yuqorida aytib o’tganimizdek, yil oxirida hisobdan chiqarilgan Budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida Budjet dan moliyalashtirilgan mablag’larni (amalga oshirilgan to’lovlarni) hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyot debetlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin