Budjet tashkilotlarida bug’galteriya hisobi


Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə11/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#176422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abdumalikov Sherzod

Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi
1 Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi. Buxgalteriya balansini tuzish. 2 Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi.

  1. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to„g„risida ma‟lumotni tuzish tartibi.

  2. Budjet tashkiloti rivojlantirish jamg„armasi bo„yicha pul mablag„lari harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.

  3. Ta‟lim muassasalarida o„qitishning to„lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag„lar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.

  4. Boshqa Budjet dan tashqari mablag„lar harakati bo„yicha hisobotni tuzish tartibi.

  5. Joriy yilning moliyaviy natijalari to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.

  6. Nomoliyaviy aktivlar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi. 9 Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobotni tuzish tartibi.

Budjet tashkilotlarda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi.
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Balans (1-shakl);

  • Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

  • Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;

  • Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul

mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  • Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  • Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;

  • Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; - Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot;

  • Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot.

Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-shakl – ―Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot‖ni taqdim qiladilar.
Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Balans (1-shakl);

  • Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

  • Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;

  • Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  • Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  • Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;

  • Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot.

Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, Budjet dan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va davri, agarda muddati o’tgan qarzdorlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo’shab qolgan mablag’lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi ma’lumotlar, o’g’irlik va kamomadlar to’g’risidagi ma’lumotlar va moliyaviy hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar ochib beriladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliyaiqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) ―Boshjurnal kitobi‖ (308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi:
-―Tashkilot nomi‖ rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi;
-―Bo’lim, kichik bo’lim, bob‖ rekvizitida tashkilotning Budjet
tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi;
-―Hisobot davri‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil,
chorak, oy) ko’rsatiladi;
-―Budjet turi‖ rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi Budjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbasi va Budjet lar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi;
-―O’lchov birligi‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi
keltiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi lozim:
-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisobkitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi;
-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;
-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib xizmat qilishi.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.
Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar ―minus‖ ishora bilan aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o’rinni egallaydi va Budjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi.
Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini ta’minlaydi.
Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) hamda Budjet dan tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vazirliklar, idoralar va hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz va tashkilotlarning muhrlarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Budjet larida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular tomonidan belgilangan, lekin qonunchilik bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda taqdim etadilar.
Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar tegishli Budjet ning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi QT, 1999 y. 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika Budjet ida turadigan tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga hisobotlarni bo’ysunishiga qarab hamda ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama moliyaviy hisobotlarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan, yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20 fevralidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning tabaqalashtirilgan muddatlarini belgilaydi.
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir Budjet dan boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasiga moliyaviy hisobot (yillik hisobot shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi idoraga taqdim etiladi.
Tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat dam olish kuniga to’g’ri kelgan taqdirda hisobot dam olish kuni arafasidagi so’nggi ish kunida taqdim etiladi.
Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa Budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan hisobotlar belgilangan muddatda topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari Budjet mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda ogohlantirgan holda Budjet dan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni) cheklashlari, zarur hollarda esa to’xtatib qo’yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan ko’rib chiqish paytida mazkur moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa Budjet mablag’larini oluvchilar (Budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladilar, ko’rib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hududiy moliya organlari zarur hollarda o’tgan moliya yili yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) tomonidan o’z tasarrufidagi tashkilotlarning yillik moliyaviy hisobotlarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:

  • zarur hollarda moliyaviy hisobotda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan tushuntirishlar talab qilish;

  • buxgalteriya hisobi va hisobotlari ma’lumotlarini hamda ularning hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek, taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari moliyaviy hisobotlar yuzasidan (ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha noaniqliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda) o’z e’tiroz va takliflari haqida ular tegishli moliya organlariga kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan tashkilotlarga xabar qiladi. Moliyaviy hisobotlarni topshirgan tashkilot olingan e’tirozlar va takliflarga rozi emasligi haqida 5 kun muddatda Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlariga xabar qilmagan taqdirda, takliflar qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq Budjet tashkilotlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun Budjet hamda Budjet dan tashqari mablag’lardan foydalanadilar. Mazkur mablag’larni maqsadli sarflanishini taxlil qilish hamda kelasi moliya yili uchun Budjet tashkilotlariga Budjet dan ajratiladigan mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetalarini tuzish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari taxliliga asoslaniladi.
Davlat Budjet ining kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan loyihasini tayyorlashda va qabul qilishda ham o’tgan davr uchun Budjet ijrosi hisoboti ma’lumotlariga asoslanshini o’zi Budjet ijrosi hisoboti ma’lumotlarini naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy hisobotlarni axborot imkoniyatlari:
Balans (1-shakl) - Budjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy holatini kompleks taxlilini amalga oshirish mumkin.
Jumladan, nomoliyaviy aktivlarining hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga qoldig’i, bu esa hisobot davrida Budjet tashkilotining nomoliyaviy aktivlarini qancha summada ko’payganligi yoki kamayganligini bildiradi. Ularning (asosiy vositalarning) eskirishi va qoldiq qiymati (mos ravishda hisobot davrining boshiga va oxiriga) to’g’risidagi ma’lumotlar.
Moliyaviy aktivlarining har bir turi bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ma’lumotlar.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo’lgan qoldiq summasi, bu esa Budjet tashkiloti tomonidan debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlarni taxlil qilishda yordam beradi.
Budjet tashkilotining joriy yilga va o’sib oruvchi yakun bilan moliyaviy natijalarini xolati, bu esa, Budjet tashkilotini xar bir daromadlar (tushumlar) turi bo’yicha moliyaviy holatini taxlil qilish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, Budjet tashkilotining balansdan tashqari schyotlarida aks ettirilgan mol-mulklari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) - Ushbu hisobot yordamida Budjet tashkilotining hisobot choragi mobaynida xarajatlar smetasining ijrosini taxlil qilish mumkin.
Jumladan, aniqlangan rejaga nisbatan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xar bir moddasi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarni amalga oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Bu esa, Budjet tashkilotining aniqlangan rejaga nisbatan ishlatilmagan limitlarini aynan qaysi xarajat turi bo’yicha vujudga kelganligini taxlil qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari rejaga nisbatan xaqiqiy xarajatlarni kam yoki ko’p amalga oshirilganligi aynan xarajatlarning qaysi turi bo’yicha yuzaga kelganligini ko’rish va taxlil qilish mumkin.
Bular natijasida Budjet tashkilotining ham joriy yilgi xarajatlar smetasini taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin bo’lgan mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot - Budjet tashkilotining hisobot davriga yuzaga kelgan barcha debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni taxlil qilish mumkin.
Jumladan, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aynan xarajatlarning qaysi turi bo’yicha yuzaga kelganligi, shuningdek muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorliklar to’g’risida, bundan tashqari mazkur qarzlarni respublikadan tashqaridagi qismi bo’yicha ham ma’lumotlar olish mumkin.
Yuqoridagi barcha ma’lumotlar Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida holda keltiriladi. Bu esa, Budjet tashkilotining ham joriy yilgi xarajatlar smetasini taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin bo’lgan mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash chora-tardbirlari to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va taxlil qilish mumkin.
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va taxlil qilish mumkin.
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot - Ta’lim muassasalarida to’lovkontrakt mablag’larining tushumi va ularni qonunchilikka muvofiq belgilangan maqsadlarga sarflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Bular natijasida ta’lim muassasasiga kelajakda Budjet mablag’larini rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot - Budjet tashkilotining yuqorida keltirilganlardan tashqari barcha Budjet dan tashqari mablag’larini tushumi va ularni sraflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Bular natijasida Budjet tashkilotiga kelajakda Budjet mablag’larini rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun tuziladi. Bu malumotlar natijasida Budjet tashkilotining joriy yilga Budjet va Budjet dan tashqari mablag’larining tushumi va sarflanishini taxlil qilishda zaruriy ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot - Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Mazkur ma’lumotlar natijasida Budjet tashkilotining kelajakdagi xarajatlar smetasiga mablag’lar rejalashtrilishida zaruriy ma’lumotlarni olish imkonini yaratadi.
Jumladan asosiy vositalarning xar bir turi bo’yicha qoldiq qiymatini taxlil qilish natijasida kelgusi moliya yili uchun Budjet tashkilotiga zaruriy asosiy vositalarga mablag’lar rejalashtirishda etarlicha ma’lumotlar bazasi shakllanadi.
Mazkur moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar o’zaro bir biri bilan uzviy bog’liqlikda, ya’ni bir hisobotda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlar boshqa hisobotda yanada aniqlashtirilgan yoki boshqa ko’rsatkichlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Bu esa, moliyaviy hisobotlarni taxlil qilishda yanada ko’proq imkoniyatlarni yaratadi.
Jumladan, balansda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar buxgalteriya hisobining subschyotlari bo’yicha aks ettirilsa, boshqa hisobot shakli – debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotda esa, xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari va kichik moddalari bo’yicha aks ettiriladi va h.k.

Xulosa



Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo’llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tuzishga shuningdek davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to’liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o’z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy xolatni tushinish asosida chet el investitsiyalarini xajmini oshishi va donorlik mablag’larini ko’payishi imkonini beradi hamda davlat sektorida moliyaviy intizom darajasini oshiradi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin