Budjet tashkilotlarida bug’galteriya hisobi


Tovar-moddiy zaxiralar hisobi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#176422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdumalikov Sherzod

Tovar-moddiy zaxiralar hisobi

  1. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning tarkibi, tayinlanishi va hisobining vazifalari.

  2. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi hisobi.

  3. Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi.

  4. Tovar moddiy zaxiralarning bo„yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish.

  5. Tovar moddiy zaxiralarning bo„yicha limitlarni aniqlash tartibi. Tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi hisobi.

Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo’lmagan yoki bir operatsion tsikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg’i va yonilg’ilar, ozuqa va em-hashak, tara (idish)lar, qishloq xo’jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o’stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o’quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo’lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbobuskunalar va boshqalar qiradi.
Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:

  1. Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zahiralar tarkibida aks ettirish;

  2. Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish;

  3. Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;

  4. Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o’z vaqtida aniqlash;

  5. Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;

  6. Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;

  7. Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.

Budjet tashkilotlarida materiallar bo’yicha moliya yili oxiriga bo’lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar Budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo’lgan materiallar bo’yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo’lsa keyingi moliya yilida Budjet
mablag’lari bo’yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko’rsatkichlar ―O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjet ini tuzish va ijro etish qoidalari‖ (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro’yxatga olingan)da keltirilgan
06 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖ schyotida qurilish materiallari, oziqovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materiallari, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan, ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.
06 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖ schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi:
060 ―Qurilish materiallari‖;
061 ―Oziq-ovqat mahsulotlari‖;
062 ―Dori-darmonlar va yarani bog’lash vositalari‖;
063 ―Inventar va xo’jalik jihozlari‖;
064 ―Yonilg’i, yoqilg’i - moylash materiallari‖;
69 Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari‖;
069 ―Boshqa tovar-moddiy zahiralar‖.
060 ―Qurilish materiallari‖ subschyotida qurilish va montaj ishlari jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi.
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks ettriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:
-etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish;
-beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish;
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
-tashkilotning o’zida tayyorlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo’yicha kiritiladi, u xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-bojxona bojlari va yig’imlari;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik haqi;
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo’yicha xarajatlar;
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga etkazib berish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sug’urtalash bo’yicha xarajatlardan tashkil topadi;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o’tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog’ida valyutani konvertatsiyalash bo’yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovarmoddiy zaxiralarni xarid qilish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang’ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig’iladi va tovarmoddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo’lgan partiyalari, guruhlari) o’rtasida taqsimlanadi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan tegishli xarajatlarni qo’shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha qayta hisoblash yo’li bilan so’mda belgilanadi.
Tashkilot tomonidan beg’araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan xomiylik ko’rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga ularni tashkilotga olib kelish bilan bog’liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazishda ham ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda tannarxi aniqlanadi. Bunda asosiy vositalarni tugatilishi natijasida yaroqli bo’lgan qismlari (bino-inshootlar bo’yicha foydalanish mumkin bo’lgan qurilish materiallari, transport vositalari bo’yicha yaroqli extiyot qismlari va xokazo) joriy qiymatda baxolanib tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kirish qilinadi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Tashkilotning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi bo’yicha hisob registrlariga boshlang’ich hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) asosida ushbu material zahiralar olingan kun (sana) bilan yoziladi. Boshlang’ich hisob hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak: mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, miqdori (og’irligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik haqidagi imzosi va h.k.lar.
Mahsulot etkazib beruvchining hujjatlarida farq bo’lgan hollarda qabul
qilish dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnoma tashkilotdagi qabul qilish komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi, bu dalolatnomani tuzishda ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) va mahsulot etkazib beruvchi tomon yoki manfaatdor bo’lmagan boshqa tashkilotlarning vakili qatnashishi shart.
Dalolatnomaning bir nusxasi qabul qilingan moddiy qimmatliklarni hisobga olish uchun, ikkinchi nusxasi esa, mahsulot etkazib beruvchilarga da’vo xati yuborishda foydalaniladi.
Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zahiralar bo’yicha aloxida qaydnomalar ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang’ich xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

Etkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo’yicha xarid qilish

1

Sotib olingan tovar-moddiy zahiralar qiymati (sotib olish narhi, etkazib berish va boshqa
qo’shimcha xarajatlar)

091

15,16,17 schyotlarning tegishli subschyotlari

Yuk xati, bajarilgan
ishlarni
topshirish, qabul qilish
dalolatnomalari va boshqalar

2

Sotib olingan tovar – moddiy zahira xaqiqiy qiymati bo’yicha
kirim qilinishi

06 schyotning tegishli subschyotlari

091

Qaydnoma,
buxgalteriya
ma’lumotnomas
i va boshqalar

Beg’araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha)

1

Jismoniy va yuridik shaxslardan beg’araz olingan tovar-moddiy zahiralar qiymati (belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati, etkazib berish va boshqa
qo’shimcha xarajatlar)

091

262 va
15,16,17 schyotlarning tegishli subschyotlari

Yuk xati, bajarilgan
ishlarni
topshirish, qabul qilish
dalolatnomalari va boshqalar

2

Beg’araz olingan tovar – moddiy zahira xaqiqiy qiymati bo’yicha
kirim qilinishi

06 schyotning tegishli subschyotlari

091

Qaydnoma,
buxgalteriya
ma’lumotnomas
i va boshqalar

Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish

1

Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan moddiy qiymatliklarni tovarmoddiy zahiralar tarkibiga o’tkazish

06 schyotning tegishli subschyotlari

01, 07 schyotlarning tegishli subschyotlari

Hisobdan chiqarish
dalolatnomalari, buxgalteriya
ma’lumotnomal
ari

2

Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli bo’lgan

06schyotning tegishli

231, 241, 251,
261 yoki 271 subschyotlarni

Asosiy vositalarni hisobdan




tovar-moddiy zahiralarni kirim qilinishi:

subschyotlari

ng tegishlisi

chiqarish dalolatnomalari

Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash

1

Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy
zahiralarning kirim qilinishi

05, 06 schyotlarning tegishli subschyotlari

273

Inventarizatsiya dalolatnomasi

Tashkilotning o’zida tayyorlanishi

1

Tashkilotni o’zida tayyorlangan tovar-moddiy zahiralarni xaqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari summasiga

09 schyotning tegishli subschyotlari

02,
06,15,16,17 schyotlarning tegishli subschyotlari

Buxgalteriya raschyotlari,
dalolatnomalar, yuk xati,
talabnoma va boshqalar

2

Tashkilotni o’zida tayyorlangan tovar-moddiy zahiralarni xaqiqiy

05, 06 schyotlarni tegishli subschyotlari

09 schyotning tegishli subschyotlari

Qaydnomalar, buxgalteriya
ma’lumotnomal
ari

Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:

  • sotish;

  • beg’araz berish;

  • saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish);

  • kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish)

aniqlanishi;

  • boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.

Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (etkazib berish va boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish imkoniyatiga ega. Budjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni qonunchilik asosida amalga oshriladi.
Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan olingan mablag’lar Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va Budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli Budjet daromadiga;
50 foizi - Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha G’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan Budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag’lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo’naltiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

Sotish

1

Tovar moddiy zaxiralar sotilishini aks ettirish xaqiqiy qiymati

201

06schyotning tegishli subschyotlari

Yuk xati, buxgalteriya ma’lumotnomasi

2

Tovar moddiy zaxiralar sotish qiymati

15schyotning tegishli subschyotlari

201

Yuk xati

3

Bir vaqtning o’zida 50 foizi tegishli Budjet daromadiga hisoblangan summa

201

160

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

4

Bir vaqtning o’zida tashkilotga tegishli 50 foizi daromadga
o’tkazilganda

201

272

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

5

Pul mablag’larini kelib tushganda

113

15schyotning tegishli subschyotlari

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

6

50 foiz Budjet ga hisoblangan
summalarni o’tkazib berilishi

160

113

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

7

Tovar moddiy zaxiralarni sotilishidan ko’rilgan salbiy moliyaviy natija
(zarar)

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarn ing tegishlisi

201

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

8

Sotilgan tayyor maxsulotning xaqiqiy tannarxi

200

050

Yuk xati, buxgalteriya ma’lumotnomasi

9

Tayyor maxsulotni sotish qiymati

15schyotning tegishli subschyotlari

200

Yuk xati

1
0

Tayyor maxsulotni sotishdan pul mablag’larini kelib tushganda

112

15schyotning tegishli subschyotlari

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

1
1

Tayyor maxsulotni sotilishidan ko’rilgan ijobiy moliyaviy natija (foyda)

200

262

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

1

Tayyor maxsulotni sotilishidan

261

200

Buxgalteriya




2

ko’rilgan salbiy moliyaviy natija
(zarar)







ma’lumotnomasi

Beg’araz berish


Tovar moddiy zaxiralarni beg’araz berish

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarn ing tegishlisi

05, 06 schyotlarning tegishli subschyotlari

Yuk xati, hisobdan chiqarish dalolatnomalari

Sarflanishi, saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish)

1

Sarflanishi, yaroqsiz holatga kelishi sababli tovar moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarn ing tegishlisi

05, 06 schyotlarning tegishli subschyotlari

Yuk xati
(talabnoma), hisobdan chiqarish
dalolatnomalari va boshqalar

Kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish) aniqlanishi

1

Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan tovar-moddiy zahiralarning
chiqim qilinishi

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarning tegishlisi

05,06 schyotlarning tegishli subschyotlari

Inventarizatsiya dalolatnomasi

2

Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan Budjet mablag’lari hisobidan sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo’lgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa):
a) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarning tegishlisi

05,06 schyotlarning tegishli subschyotlari

Inventarizatsiya dalolatnomasi

3

b) aybdor shaxsdan undiriladigan summaning Budjet daromadlariga hisoblanishi

170

160

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

4

v) aybdor shaxs tomonidan kamomad summasini to’lanishi

pul
mablag’larini hisobga
oluvchi subschyotlar

170

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

5

g) mablag’larni Budjet daromadiga o’tkazib berilishi

160

pul
mablag’larini hisobga
oluvchi subschyotlar

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

6

Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida aybdor deb tan olingan holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar
Budjet dan tashqari mablag’lar hisobidan xarid qilingan bo’lsa):
a) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan

170

05,06 schyotlarning tegishli subschyotlari

Buxgalteriya ma’lumotnomasi




chiqarilishi










7

b) agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan kam bo’lsa

170

272

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

8

v) agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan ko’p bo’lsa

231, 241,
251, 261 yoki
271 subschyotlarning tegishlisi

170

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

9

g) aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to’lanishi

pul
mablag’larini hisobga
oluvchi subschyotlar

170

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin