Budjet tashkilotlarida bug’galteriya hisobi


Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#176422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abdumalikov Sherzod

Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi:

  1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishni maqsadi va vazifalari.

  2. Budjet va Budjet dan tashqari mablag„lar bo„yicha shaxsiy hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibi.

  3. G„aznachilik organlarida moliyaviy majburiyatlarni to„lab berish hisobi.

  4. Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish.

  5. Kassa operatsiyalari bo„yicha hisob xujjatlarini yuritish va kassa hisobotini shakllantirish.

  6. Kassa operatsiyalarini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish.

  7. Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag„lari hisobi.

  8. Budjet tashkilotlarida moliyaviy qo„yilmalar hisobi.

Davlat Budjet i g’azna ijrosi sharoitida Budjet tashkilotlari pul mablag’lari G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari pul mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarida yuritilmoqda.
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, Budjet dan mablag’ oluvchilarni Davlat Budjet idan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:

    1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);

    2. Ish haqiga qo’shimchalar;

    3. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro’yxatlarga muvofiq);

    4. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).

Budjet dan mablag’ oluvchilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar to’lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Tegishli Budjet bo’yicha I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun g’azna hisobvaraqlarida zarur mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo’yicha mablag’larning sarflanishi o’rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

    • ovqatlantirish;

    • dori-darmonlar;

    • kommunal xizmatlar; - boshqa xarajatlar.

Budjet hisobvaraqlardan yuqorida keltirib o’tilgan 4 xarajat guruxi to’lab beriladi. G’aznachilik bo’linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to’lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o’tkazish, kapital qo’yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to’lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo’yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.
Buning uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlar belgilangan tartibda ro’yhatga olinadi va to’lab beriladi. Budjet mablag’lari hisobiga I va II guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to’lovi uchun naqd pul mablag’larini olishga so’rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo’yicha to’lov topshiriqnomalari asosida ro’yxatga olinadi.
Budjet tashkilot ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga g’aznachilik bo’linmasiga Budjet dan mablag’ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga so’rovnoma va unga to’ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi.

      1. guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.

      2. guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot etkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar etkazib berilganligini

(ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki Budjet dan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchiga Budjet (Budjet dan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobida g’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari Budjet pul mablag’lari hisobi 10 ―Hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari‖ schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:
100 ―Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖; 101―Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖.
100 ―Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖ subschyotida g’azna ijrosiga o’tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag’larning harakati hisobga olinadi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

Shaxsiy hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari bo’yicha

1

Budjet mablag’lari hisobidan xodimlarga beriladigan ish haqi summasi kassaga kirim qilinganda (ish xaqi bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)

120

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

2

Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi o’tkazib berilganda (ish haqiga ajratmalar bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)

161

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

3

Kapital qurilish bo’yicha pudratchilarga bajarilgan ishlar uchun Budjet mablag’i hisobidan o’tkazilganda (qurilish-ta’mirlash ishlari bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)

150

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

4

Tasdiqlangan smeta doirasida kommunal hizmatlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan mablag’ o’tkazilganda. (kommunal to’lovlar bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)

159

232

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

5

Ish haqi bo’yicha deponentga o’tkazilgan mablag’ kassadan qaytarilganda

232

120

Shahsiy hisobvaraqdan ko’chirma

Bankdagi hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari bo’yicha

1

Tasdiqlangan smeta doirasida tashkilotni saqlash uchun Budjet dan moliyalashtirish amalga oshirilganda

100

232

Hisobvaraqdan ko’chirma

2

Boshqa maqsadlar uchun Budjet dan
moliyalashtirish amalga oshirilganda

101

232

Hisobvaraqdan ko’chirma

3

Budjet mablag’lari hisobiga hisobvaraqdan xodimlarga beriladigan ish haqi kassaga olinganda

120

100

Hisobvaraqdan ko’chirma

4

Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi o’tkazib berilganda

161

100

Hisobvaraqdan ko’chirma

5

Tasdiqlangan smeta doirasida kommunal hizmatlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan mablag’ o’tkazilganda.

159

100

Hisobvaraqdan ko’chirma

6

Boshqa maqsadlar uchun Budjet dan ajratilgan mablag’lar hisobidan mol etkazib beruvchilarga mablag’ o’tkazib berilganda

150

101

Hisobvaraqdan ko’chirma

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq Budjet tashkilotlariga Budjet dan tashqari mablag’lar shakllantirish imkoniyati berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida Budjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan.
Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari qonunchilikka muvofiq tegishli manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro’yxatdan o’tgan ―O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lovkontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi haqida‖ Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushimi amalga oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag’lar tushimi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo’yicha hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi.
G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari Budjet dan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.
Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar hisobi 11 ―Hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar‖ schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

  1. ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar‖;

  2. ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar‖;

  3. ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari‖;

  4. ―Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar‖;

  5. ―Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar‖;

  6. ―Valyuta hisobvarag’i‖;

119 ―Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari‖.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

1

Ta’lim muassasalarida bolalarnining otaonalari tomonidan badallarni kelib tushishi

110

156

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

2

Ta’lim muassasalarida bolalarnining otaonalaridan badal shaklida tushgan mablag’lar hisobiga sotib olingan materiallar, ish va hizmatlar uchun to’lov o’tkazib berilganda

150, 159

110

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

3

Ta’lim muassasalarida bolalarnining otaonalari tomonidan ortiqcha kelib tushgan badallarni qaytarilishi

156

100

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

4

Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shaklidan mablag’lar
tushimiga

111

175

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

5

Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shaklidan mablag’lar tushimini daromadga o’tkazilishi (birinchi yarim yillish uchun yillik to’lovni 50% 15 sentyabr xolatiga, ikkinchi yarim yilligi uchun 1 mart xolatiga 50%)

175

252

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

6

O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar hisobiga kreditorlik
majburiyatlar to’lab berilganda

15,16,17 schyotlarnin g tegishli
subschyotla
ri

111

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

7

O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan ortiqcha tushgan mablag’lar qaytarilganda

175

111

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

8

Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishda

200

050 yoki 090

Yuk hati, buxgalteriya







haqiqiy tannarhi aks ettirilishi







ma’lumotnomasi

9

Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishda shartnoma bahosida aks ettirilishi

152

200

Yuk hati

10

Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishdan mablag’ kelib tushganda

112

152

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

11

Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan ijobiy moliyaviy natija aks ettirilganda

200

262

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

12

Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan ijobiy moliyaviy natija aks ettirilganda

261

200

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

13

Budjet tashkilotlarida vaqtincha foydalanimayotgan binolar, boshqa asosiy
vositalar ijarasidan tushimlar

112

159 yoki 262

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

14

Homiylik mablag’lari tushimi aks ettirilganda

112

262

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

15

Yil yakuninga ko’ra Budjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’lar rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilganda

112

232

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

16

Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari kreditorlik qarzdorliklarni tugatishga yo’naltirilganda

15,16,17 schyotlarnin g tegishli
subschyotla
ri

112

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

17

Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar summasiga

113

152

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

18

Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga kreditorlik qarzlar to’lab berilganda

15,16,17 schyotlarnin g tegishli
subschyotla
ri

113

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

19

Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar summalariga

114

155

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

20

Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar qaytarilganda yoki
o’tkazib berilganda

155

114

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

21

Budjet mablag’lari hisobiga xorijiy valyutani sotib olinishi

115

232

Valyuta hisobvaraqdan ko’chirma

22

Budjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha ijobiy kurs tafovuti aks ettirilganda

115

232

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

23

Budjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha salbiy kurs tafovuti aks ettirilganda

231

115

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

24

Xorijiy valyutada homiylik mablag’lari kelib tushganda

115

262

Valyuta hisobvaraqdan













ko’chirma

25

Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag’lari bo’yicha ijobiy kurs tafovuti aks ettirilganda

115

262

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

26

Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag’lari bo’yicha salbiy kurs tafovuti aks ettirilganda

261

115

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

27

Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan Budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar

119

163

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

28

Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan Budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar tashkilot kassasiga tarqatish uchun olinganda

120

119

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

Budjet tashkilotidagi kassa muomalalari hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo’yicha jihozlanishi kerak.
Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi.
Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag’larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda ―To’langan‖ shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish haqini berish to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi.
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 ―Kassa‖ schyotida 120 ―Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari‖ va 121 ―Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari‖ subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

1

G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlarida kassaga Budjet mablag’i hisobiga naqt pul mablag’i kirim qilganda

120

100

Kassa kirim orderi, kassir hisoboti

2

G’azna ijrosiga o’tgan Budjet tashkilotlarida kassaga Budjet mablag’i hisobiga naqt pul mablag’i kirim qilganda

120

232

Kassa kirim orderi, kassir hisoboti

3

Faoliyat turiga mos ish va xizmatlar ko’rsatishdan naqt pul mablag’i kassaga kirim qilinganda

120

200

Kassa kirim orderi, kassir hisoboti

4

G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari kassasidan Budjet mablag’lari bo’yicha naqt pul mablag’i qaytarilganda

100

120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

5

G’azna ijrosiga o’tgan Budjet tashkilotlari kassasidan Budjet mablag’lari bo’yicha naqt
pul mablag’i qaytarilganda

232

120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

6

Faoliyat turiga mos ish va xizmatlar ko’rsatishdan kassaga kirim qilingan naqt pul mablag’i shaxsiy hisobvaraqga o’tkazilganda

112

120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

7

Xorijiy valyutada pul mablag’i valyuta
hisobvarag’idan kassaga kirim qilinganda

121

115

Kassa kirim orderi, kassir hisoboti

8

Xorijiy valyutada pul mablag’i kassadan hizmat safari uchun xodimlarga berilganda

172

121

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

9

Kassadan xodimlarga ish haqi tarqatilganda

173

120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

10

Kassadan talabalarga stipendiya tarqatilganda

174

120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag’lari bo’yicha akkreditivlar, yo’ldagi pul mablag’lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag’lari hisobi yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab qo’yilgan. Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo’lib, bank bu xujjatni mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko’ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot etkazib beruvchiga pul to’lashi yoxud shunday to’lovlar o’tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko’zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qo’yiladi. Akkreditiv asosan mol etkazib beruvchining taldabigav muvofiq ochilishi mumkin. Mol etkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda etkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar uchun to’lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan); - qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o’tkazmalari va boshqa hollarda yo’ldagi pul jo’natmalari hisobi yuritiladi. Xozirgi kunda Budjet tashkilotlari asosan shahsiy hisobvarag’idan naqt pul olish uchun g’aznachilik bo’limlaridan olingan cheklarni banklar tomonidan to’lab berilishi jarayonida yo’ldagi pul mablag’lari ko’rinishida aks ettirmoqda.
Pul xujjatlari bo’yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to’langan yo’llanmalar, pochta orqali jo’natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobi yuritiladi. Boshqa pul mablag’lari 13 ―Boshqa pul mablag’lari‖ schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi.

  1. ―Akkreditivlar‖;

  2. ―Yo’ldagi pul mablag’lari‖; 132 ―Pul ekvivalentlari‖.

Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi xujjat

1

Hisobvaraqlardagi pul mablag’laridan akkreditiv ochilganda(akkreditiv ochish to’g’risidagi ariza xujjatiga asosan)

130

232,
11schyotning tegishli subschyotlari

Shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma

2

Mol etkazib beruvchi nomiga ochilgan akkreditivni foydalanilgan summasiga

150 yoki 159

130

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

1

Kassadan naqt pul mablag’lari hisobvaraqlarga o’tkazish uchun inkossatorlarga topshirilganda (xali shaxsiy hisobvaraqlarga pul mablag’i etib kelmagan)

131



120

Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti

2

Kassadan shaxsiy hisobvaraqlarga o’tkazish uchun inkossatorlarga topshirilgan naqt pul mablag’lari hisobvaraqalarda ko’ringanda

11 schyotning tegishli subschyotlari

131

Hisobvaraqlarda n ko’chirma

1

Dam olish uylari, sanatoriylar uchun yo’llanmalar sotib olinganda

132

Pul mablag’lari
yoki hisob
kitoblar subschyotlari

Hisobvaraqlarda n ko’chirma

2

Sotib olingan dam olish uylari, sanatoriylar uchun yo’llanmalar xodimlarga ish haqi
hisobiga sotilganda

173

132

Buxgalteriya ma’lumotnomasi, xodim arizasi

3

Mehnat daftarchasi va boshqalarning sotilishi

Pul mablag’lari yoki hisob

132

Hisobvaraqalarda n ko’chirma







kitoblar subschyotlari







4

Pul ekvivalentlari xarajatlarga o’tkazilib hisobdan chiqarilishi

231, 241, 251, 261, 271

132

Dalolatnoma, tarqatish
qaydnomasi,
buxgalteriya ma’lumotnomasi

1

Vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni
banklarga depozitga qo’yilishi

140

11 schyotning tegishli subschyotlari

Hisobvaraqlardan ko’chirma

2

Depozitga qo’yilgan mablag’lar bo’yicha foiz ko’rinishidagi daromadlarni hisoblanishi

159

272

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

3

Foiz ko’rinishidagi daromadlarning kelib tushishi

113

159

Hisobvaraqdan ko’chirma

4

Depozitga qo’yilgan mablag’larni Budjet tashkiloti hisobvaraqlariga qaytarilishi

11 schyotning tegishli subschyotlari

140

Hisobvaraqlarda n ko’chirma


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin