Budjet tashkilotlarida bug’galteriya hisobi


Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#176422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdumalikov Sherzod

Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi

  1. Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.

  2. Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etish.

  3. Tovar(ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasi.

  4. Tovar(ish, xizmat)larni sotish hisobi.

  5. Tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi.

Budjet dan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va Budjet mablag’larini ularning xarajatlarini to’lashga o’tkazish ustidan nazorat qilish bo’yicha vazifalar hamda funktsiyalarni bajarish moliya organlarining tegishli bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

    • ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

    • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash

xarajatlari;

    • ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

    • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

    • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.

Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo’ladi:

    1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar.

    2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo’jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati.

    3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektda montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.

    4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar.

Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Budjet tashkilotlarida ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga tegishli bo’ladi.

    1. Tabiiy xom ashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan erni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, korxonalar tomonidan suv xo’jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och, taxta materallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari.

    2. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari.

    3. Budjet tashkilotlarining texnologik transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Budjet tashkilotlarining o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).

    4. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi.

    5. Budjet tashkilotlarining transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni etkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).

    6. Budjet tashkilotlarilar tomonidan moddiy resurslarni etkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.

    7. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va o’rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi.

    8. "Moddiy xarajatlar" elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.

Qo’shimcha tibbiy xizmatlar fuqarolarning, shuningdek tashkilotlar, muassasalar va korxonalarning o’z mablag’lari hamda qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

    • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi belgilangan tibbiyot muassasalarida respublika aholisiga tibbiy xizmatlar bepul asosda ko’rsatiladi.

    • qo’shimcha pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat etiladi.

Shoshilinch va tez tibbiy yordam respublika aholisiga, shu jumladan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga bepul asosda ko’rsatiladi. Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi (keyinchalik - Sog’liqni saqlash vazirligi) va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sog’liqni saqlash boshqarmalari (keyinchalik - Sog’liqni saqlash boshqarmalari) tomonidan beriladigan ruxsatnomalarga asosan ko’rsatiladi.
Tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatish to’g’risidagi murojaatlarini ko’rib chiqish va ruxsatnoma berish uchun Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalari qoshida ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibi Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan, ruxsatnoma shakli Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tibbiyot muassasasalari aholiga pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsatnoma olish uchun bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligiga yoki Sog’liqni saqlash boshqarmalariga quyidagi xujjatlarni takdim etishlari lozim:

    • tibbiyot muassasasi rahbarining so’rovnomasi; - pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim Nizomi;.

    • aholiga pullik asosda ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro’yxati; - aholiga pullik asosda ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar preyskuranti; - pullik xizmat bo’yicha daromad va xarajatlar smetasi.

Tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.
Tibbiyot muassasalarida aholiga ko’rsatiladigan pullik tibbiy xizmat turlari, hajmi bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki Sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan aniqlanadi. Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalarida tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar reestri yuritiladi.
Pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tibbiyot muassasalari pullik xizmatlardan tushayotgan mablag’larni tasarruf etish uchun bank muassasalarida maxsus hisob raqamiga, shuningdek zarur hollarda valyuta hisob raqamiga ega bo’lishi kerak.
Tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlarga narxlar xarajatlar kalkulyatsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiklangan ―Mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda (ishlar va xizmatlar) xarajatlar tarkibi va moliya ko’rsatkichlarini shakllanishi to’g’risidagi Nizom‖ va Adliya vazirligidan 2000 yil 25 yanvarda ro’yxatdan o’tkazilgan 880-raqamli Tartibga hamda Sog’liqni saqlash vazirligining 2007 yil 26 noyabrdagi 526-sonli buyrug’iga asosan shakllantiriladi.
Pullik xizmatlarga kalkulyatsiyalar muassasalar tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki Sog’liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishiladi. Pullik tibbiy xizmatlar (shu jumladan servis xizmatlari) tibbiyot muassasasi va bemor o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Shartnomada pullik tibbiy xizmat olish muddatlari, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilanadi.
Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasasining hisob raqamiga naqd pul yoki pul o’tkazish yo’li bilan oldindan 100% to’lov shaklida amalga oshiriladi. Bemor tibbiy xizmat olib bo’lgach chiqarilib yuborilayotganda yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi. Pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tartibi hamda tibbiyot muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan pullik tibbiy xizmat preyskuranti har bir tibbiyot muassasasi tomonidan bemorlar e’tiboriga etkazilishi maqsadida fuqarolar uchun qulay joylarda osilgan bo’lishi kerak.
Tibbiyot muassasalari tasdiqlangan shakllar asosida kirim orderini va kvitantsiyani rasmiylashtirishi va pullik tushumlarni hisobini olib borishi shart. Kvitantsiyalarning bir nusxasi bemorga beriladi ikkinchi nusxasi tibbiyot muassasasi buxgalteriyasida 5 yil saqlanadi.
Naqd pul tushumlarini aholidan tibbiyot muassasasining buyrug’i bilan tayinlangan alohida xodim (moddiy javobgar shaxs) qabul qiladi. Ushbu xodimlardan tashqari boshqa xodimlarning naqd pul tushumini qabul qilishi qatiyan man etiladi. Kirim orderlarini rasmiylashtirmasdan naqd pul tushumi qabul qilinishi hollari aniqlanganda aybdor shaxslar qonun bilan o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tibbiyot muassasalari pullik xizmatlar bo’yicha statistika va buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borishi, o’rnatilgan tartibda va muddatlarda yuqori hududiy sog’liqni saqlash boshqaruv organiga va statistika organlariga belgilangan shakllarda hisobotlarni topshirishi shart.
Tibbiyot muassasasining pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’limi.
Pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim tibbiyot muassasasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy maqsadi aholiga malakali tibbiy va servis xizmati ko’rsatishdan iborat.
Davolash-profilaktika muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim to’g’risidagi namunaviy Nizom Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Pullik tibbiy xizmatni o’z vaqtida to’liq va sifatli ko’rsatilishi uchun tibbiyot muassasasi rahbari shaxsan javob beradi.Pullik tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot muassasasi va tibbiy xizmatni oluvchi bemor o’rtasida yuzaga keladigan e’tiroz va tortishuvlar o’zaro kelishuvga asosan, yuqori sog’liqni saqlash boshqaruv organida yoki sud organlarida hal etiladi.O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi belgilangan davolash-profilaktika muassasalarida pullik tibbiy xizmat ko’rsatish shartlari
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi belgilangan davolash-profilaktika muassasalarida faqat quyidagi hollarda pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat etiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordamdan tashqari):

  • xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga;

  • Budjet dan moliyalashtirilmaydigan to’liq ho’jalik hisobidagi reabilitatsiya va sog’lomlashtirish bo’limlarida;

  • korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnoma asosida pul o’tkazish yo’li bilan xodimlarni dispanserizatsiyasi, sog’lomlashtirish;

  • dekretiv kontingentni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;

  • haydovchilarni avtotransport vositalarini xaydashga yaroqlilik bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tkazish.

  • ushbu tibbiy xizmat turlariga moddiy-texnika bazasi, mutaxassislari, yordamchi diagnostika bo’limlari etarli bo’lgan ambulator-poliklinika muassasalarida – oilaviy poliklinikalar, shaxar poliklinikalari, diagnostika markazlari, tuman va shaxar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarida ruxsat beriladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin