Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat



Yüklə 109,47 Kb.
səhifə4/12
tarix14.06.2023
ölçüsü109,47 Kb.
#130123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash

Strategik risk rejaning ahamiyati. Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g‘oyasiga qarshi bo‘lsa ham, hech bo‘lmaganda uch yo‘nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga majburdir:
-bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar bozorlariga kirib borish uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar;
-ko‘zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi o‘z navbatida talabning mavsumiyligi, tovarlarni ilgari surish va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi;
-moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar, ular daromadlar va xarajatlarning mo‘ljallari asosida hisoblanadi.
Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmasida berilgan.
Ko‘rinib turibdiki, sanab o‘tilgan boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun ishonchli savdo istiqbollariga ega bo‘lish lozim.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi quyidagi chizmada
Berilgan.





3-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi.


Strategik risk rejalashtirishning ahamiyatini yuqori qo‘shimcha jihatlar belgilab beradi:
-reja qiymatlar tizimini, firma oliy rahbariyatining qarashlarini, uning kelgusidagi mo‘ljallarini ifodalaydi, bu esa firma xodimlarini kerakli tomonga yo‘naltirishga yordam beradi;
-reja dastlabki vaziyatni va muhitdan kelib chiquvchi cheklashlarni hamda uning evolyusiyasini izohlab beradi. Bu rejalashtirilayotgan natijalarning firma rahbariyati uchun yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi;
-reja muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, u maqsadlarning bir-biriga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi va ziddiyat yoki qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan paytda ob’ektiv mezonlar asosida kelishuvga erishishni osonlashtiradi;
-reja firma faoliyatini kuzatib borishni osonlashtiradi va maqsadlar va natijalar o‘rtasidagi tafovutlarni ob’ektiv talqin etishga imkon beradi;
-reja firmaning kutilmagan o‘zgarishlarga tayyorlik darajasini oshiradi, ammo buning uchun mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar rejalashtirish bosqichida tahlil qilingan bo‘lishi kerak;
-reja firmani me’yorlar, budjet va grafiklarga asoslagan holda qat’iy boshqarishga imkon beradi.
Ko‘pincha strategik risk rejaga firma uchun hayotiy muhim bo‘lgan omillarga qaratilgan «favqulodda vaziyatlar rejasi» qo‘shimcha qilinadi.



    1. Yüklə 109,47 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin