Bu bo‘limda biz strategik risk rejalashtirishning har bir bosqichini hamda strategik risk tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik risk missiyaningbayoni. Bu erda gap eng asosiy hujjat haqida bormoqda. Bu hujjatda firma o‘z faoliyat sohasini, o‘z asosiy bozorini, o‘zining iqtisodiy va noiqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini belgilaydi va o‘zining qadriyatlar tizimini e’lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi tomonlari uchun teng darajada muhimdir. Firmaning o‘zida ushbu hujjat xodimlarga firmaning maqsadlarini tushunishga va firma madaniyatini mustahkamlovchi yagona pozitsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. Tashqi sohada u firmaning yaxlit qiyofasini yaratishga imkon beradi hamda firmaning jamiyatda qanday iqtisodiy va ijtimoiy rol o‘ynashga intilayotganligini va o‘zining mijozlar, sotuvchilar, xizmatchilar, akssionerlar va umuman jamiyat tomonidan qanday kutib olinishini istayotganligini izohlaydi.
Firma missiyasining ta’rifi quyidagi to‘rtta majburiy elementni o‘z ichiga olishi shart:
Firma tarixi;
Asosiy strategik risk variantlar. Rahbariyat tomonidan belgilab berilgan keng ko‘lamli maqsadlarga qo‘shimcha ravishda firmaning istak-xohishlarini, ya’ni uning asosiy bozordagi umumiy siyosatini va u erda egallamoqchi bo‘lgan mavqeini aniqlab olish ham foydalidir. Gap yuqorida ko‘rib o‘tilgan raqobatli strategiyalar haqida, masalan, peshqadam firmaning strategiyalari haqida bormoqda. Tabiiyki, bu maqsadlar mavjud vositalargayarasha bo‘lishi va bundan kelib chiqadigan pozitsiyalarga mos kelishi lozim.
Hayotiy bir misolni ko‘rib chiqaylik. X kompaniyasi eng kuchli beshta texnologik jihatdan peshqadam firmalar qatoriga kirmoqchi, bu firmalar saqlash qiyiq bo‘lgan moddalar (aerozollar, maxsus ichimliklar, kimyoviy reagentlar va hokazo) uchun maxsus qattiq idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Maqsad: har bir mahalliy bozorda 20 % dan 40 % gacha bo‘lgan ulushga erishish. Firmaning o‘sishi uncha katta bo‘lmagan markazlashtirilmagan zavodlar yordamida ta’minlanadi, bu zavodlar tovarlarni kam transport xarajatlari bilan tezkor tashish mumkin bo‘lgan tarzda joylashtirilgan.
Strategik risk maqsadlarni ifodalashda avvalgi boblarda aytib o‘tilgan asosiy strategiyalarni (xarajatlarni tejash hisobiga ustunlikka erishish, differensiasiya yoki konsentrasiya) hamda raqobatli ustunlikning tanlangan variantini ham e’tiborga olish lozim. Rejalashtirishning bu bosqichida gap faqat har bir biznes birligi uchun ishlab chiqarilgan harakat dasturlarida miqdoriy atamalarga aylantiriladigan umumiy yo‘nalish haqida bormaydi.
Tashqi omillar tahlilida muhitni jalb etuvchanligi muhim o‘rin egallaydi. Bozor imkoniyatlari tahlili vazifasini amalga oshirish uchun tovarlarning hayotiylik davrini o‘rnatish va bular asosida bozor sig‘imiga miqdoriy baho berish kerak.
Global bozor evolyusiyasi imkoniyatlari quyidagi savollarga javob topadi:
Global bozor sig‘imi qanday?
Qanday o‘rin imkoniyatlariga ega (o‘sish, to‘xtab qolish, inqiroz)?
Mijozning, oilaning, aholining jon boshiga iste’moli qanaqa?
Firmaning ta’minlanish darajasi qanday?
Tovar xizmatining o‘rtacha muddati qanday?
Qanday reklama vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq?
Sotish tizmining tuzilishi qanday va hokazolar.
Bundan tashqari xaridorlarning xulq-atvori tahlil qilinadi. Bunda quyidagi savollarga javoblar izlanadi: xarid haqida qaror qabul qiluvchi markaz tuzilishi qanday? Kim xaridor, foydalanuvchi, qaror qabul qiluvchi shaxs, maslahatchi hisoblanadi? Xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni qanday? Qondirilganlik va qondirilmaganlikning sabablari nimada? Marketingning qanday omillariga xaridorlarning e’tibori ko‘proq?
Sotishning tuzilish tahlili esa iste’mol tovarlari bozori uchun muhim bosqich hisoblanadi. Raqobatchilar tuzilishi tahlil qilinib, firma o‘zining o‘sish maqsadiga va rentabelligiga erishish lozim bo‘lgan sohada tahlil olib boriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar bor yo‘qligi, 3-5 yirik raqobatchilar qanday bozor ulushiga ega ekanligi, raqobatchilar markasi qanchalik kuchliligi, yangi raqobatchilarni bozorga kirish uchun qanday to‘siqlar mavjudligi, qanday tovarlar o‘rinbosar tovarlar hisoblanadi, kabi savollar raqobatchilar tuzilishining tahliliga yordam beradi.
Ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy muhitlar tahlilida bozor rivojini ta’sir etuvchi makroiqtisodiy omillar: demografik, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik omillar hisobga olinadi.
Strategik risk rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning kuchli va kuchsiz tomonlari, firma uchun bozor mavqei tahlili, obro‘li raqobatchilar tahlili, sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikasiya dasturi tahlil qilinadi.