Maqsadi: jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish jarayonida o’quvchilarning bilim olish va amaliy faoliyatlarini faollashtirishga yo’naltirilgan faol ta’lim metodlarini o’rganish, ularning o’quv jarayonidagi o’rnini aniqlash, futbol darslarini tashkil etish metodikasi hamda uni amalda qo’llash texnologiyalarini ishlab chiqish.
Vazifasi: Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash.
Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik texnologilarni qo’llashning bugungi kundagi holatini aniqlash.
O’quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning didaktik imkoniyatlarini o’rganish.
Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash.
1.1. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash dolzarb pedagogik muammo sifatida Mamlakatimiz sportini rivojlantirish sohasida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy madaniyat va sportning kelajak avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o’quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda axolining sportga bo’lgan qiziqishini oshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Chunki sport millatning o’zligini anglashda uning aniq maqsadlari sari jipslashuvida va birlashuvida, o’zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudrati jahon o’zra namoyon bo’lib muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir.
Tarixga nazar tashlasak, ajdodlarimiz ham jismonan barkamol yoshlarning shakllanishiga alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Ibn Sino «... kishidagi eng yaxshi sifatlar, avvalo, chidamlilik, donishmandlik va mardlikda ko’rinadi ...», deb ta’kidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy madaniyat va sportga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz o’quvchilari Osiyo musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarmoqdalar. Respublikada sportning rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti A. Karimovning hissasi beqiyosdir.
Biz tomondan o’tkazilgan pedagogik izlanishlar va olingan dastlabki natijalar shuni ko’rsatdiki, ta’lim oluvchilarning bilim olish va o’rganish faoliyatini faollashtirish orqali ularning ta’lim olish imkoniyatlari, mustaqil ishlash qobiliyatlarini hamda amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga erishish mumkinligi aniqlandi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov takidlaganidek biz yoshlarni bo’sh vaqtlarini sportga jalb qilish, bizdan keyin faqat sog’lom avlod qolishi bilan birgalikda, kelajakda O’zbekiston nomini dunyo miqyosida tanitadigan, ajdodlarimizga chinakam munosib avlod bo’ladigan mard va jasur o’g’il, qizlarni tarbiyalash bizning eng oliy maqsadimiz ekanligini unutmasligimiz darkor.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaxsning maqsad va vazifalar strategiyasidan tortib to ta’lim- madaniyat jarayonining barcha qirralariga oid aniq dasturlar majmuasigacha har bir negizida inson asosiy omil hisoblanadi.
Milliy dasturda «ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot ba’zasini mustahkkamlash davom ettiriladi, o’quv jarayoni yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnalogiyalar bilan ta’minlanadi»1-deyilgan. Bu ta’kid o’zlukziz ta’lim tizimining barcha muassasalarida, jumladan umumiy o’rta maktablarida o’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar, texnologik yondashuvlar asosida tashkil etishni taqozo etadi. Prezident I.Karimov takidlab o’tganidek: «Aslida ta’lim–madaniyat sohasidagi islohotning chegarasi yo’q, toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, madaniyat ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra mustaqil ravishda o’zgarib, yangilanib boraveradi».2 Keyingi yillarda, asosan, milliy dasturning sifat bosqichida yosh avlodga ta’lim madaniyat berish, kasbga o’rgatish, ularning aqliy va ma’naviy kamol topishlarini tashkil etishda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ayniqsa, umumiy o’rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim tarbiyaning maksad va vazifalari yangilandi. “Ta’lim tug’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan kelib chikkan holda ta’limning mazmuni qayta ishlab chiqildi. Bu omil ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarining yangicha tartibda namoyon bo’lishini takozo etadi. Ana shu tashkiliy−pedagogik jarayon ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda ta’lim vositalarini takomillashtirish, ayniqsa, ta’limni tashkil etishning noan’naviy shakllarini keng ko’lamda joriy etish zaruriyatini keltirib chikardi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashga, ya’ni o’qitishning noan’anaviy usuliga bo’lgan talab borgan sari ortib bormoqda.
Innovatsiya (inglizcha innovatiov) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiyani amalga oshirishda, asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Ular juda xilma-xil bo’lib, pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshriladi.
O’quv jarayonida amaliy mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish muammosi murakkab va ko’p qirralidir. Uni hal etish amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning turlariga xos bir qotor xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. SHulardan eng muhimi, nazariy bilimlarni amalda tekshirib qo’rish orqali o’quvchilarni ijodkorlik qobilyatlarni oshirish hisoblanadi. Nazariy bilimlarni mustaxkamlash maqsadida amaliy mashg’ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarning ijodkorlik va bilim faolligini oshirish muammosini hal etish mumkin.
Dars samaradorligini oshirishda o’qituvchi, avvalo, maqsadni belgilab olishi shart. Bunda o’qituvchi o’quvchi faoliyatiga to’g’ri baho bergan holda darsga yangiliklar kiritishi, o’quvchilarni tez va samarali baholashga erishishi, ularning darsga qiziqishlarini oshirish va rag’batlartirishi, mustaqil ishlashga va qaror qilishga o’rgatishi nihoyatda zarur bo’ladi. O’qitishning noan’anaviy usullari o’quvchi faolligini oshiradi. Chunonchi, o’quvchilar o’quv jarayonida mustaqil fikrlashga harakat qiladi va topshirilgan vazifaga ijodiy yondashib, izlanish payida bo’lishadi. Muhimi, ular tahlil eta olish, o’zlari xulosa qilib, o’z-o’zini baholay olish ko’nikmalari shakllanadi. Bu esa o’qitish jarayonini asosi bo’lib hisoblanadi.
Avvalo shuni takidlab o’tish kerakki, bolaning rivojlanishini atrof-muhitga, hayotning qanday tashkil etilishiga, tarbiyasiga shu jumladan jismoniy tarbiyasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quvchilar jismoniy madaniyat orqali sog’liqlarini mustaxkamlaydilar, barkamol shaxs sifatida rivojlanadilar.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari-bolalarni sog’lomlashtirish, ularni jismoniy rivojlanishi, xarakat malakalari tizimiga ega bo’lishi va jismoniy sifatlarning rivojlanishini yaxshilashdan iboratdir. Bu vazifalarni hal etish uchun bolalarning yoshiga qarab, bog’chada, kichik maktab yoshidagi bolalar, o’smirlar va yoshlar bilan har xil usulda ish olib boriladi. Yoshga qarab davrlarga bo’lish xozirgi paytlarda ko’p tarqalgan, uning ichida yangi tug’ilgan, bog’cha, maktabgacha va maktab yoshidagi davrlari, o’z navbatida kichik, o’rta va katta maktab yoshiga bo’linadi, bolalar muassasa tizimining tez tasir etadi .
Fiziologiyada mavjud bo’lgan o’quvchilarni yosh davrlariga bo’lish tizimi, rivojlanishining aloxida davr bo’limlari maktab yoshidagi bolalar uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Ta’lim-madaniyat jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy xal etishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ro’y berayotgan o’zgarishlar natijasida xalq xo’jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish ehtiyoji yuzaga keldi. Ushbu ehtiyojni qondirish ishlab chiqarish sohalari tomonidan turli mutaxassislik yoki iqtisoslik bo’yicha kasbiy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash ishiga mas’ul sanalgan ta’lim muassasalariga ijtimoiy buyurtma berish hamda mazkur buyurtmaning sifatli bajarilishi asosida hal etiladi. Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari zimmasiga erkin, mustaqil fikr yurita oladigan tafakkuri va dunyo qarashi keng, bilimli, shuningdek, mutaxassisligi bo’yicha chuqur bilim, yuksak malakaga ega bo’lgan kadrlar (mutaxassislar) ni tayyorlab berishdek ma’suliyatli ijtimoiy vazifa yuklangan.
Ishlab chiqarish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyati o’z-o’zidan ta’lim-madaniyat tizimiga taaluqli. Ushbu tizim doirasida faoliyat ko’rsatuvchi ta’lim muassasalarining faoliyati mazmuni tubdan yoki qisman o’zgaradi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’limiy isloxotlar hamda kadrlar tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ko’ra, 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan yangi taxrirdagi «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimi yaratilib, aniq vazifalarni bajaruvchi bosqichlar belgilandi. Shuningdek, yangi turdagi ta’lim muassasalari faoliyat yurita boshladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi o’z-o’zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta’minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim (shu jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g’oya, kashfiyot va yutuqlarning tadbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o’rin tutishi, ta’lim va madaniyat jarayonini insonparvarlashtirish (ya’ni, ta’lim-madaniyat jarayonining asosiy sub’ektlaridan biri bo’lgan talabata’lim oluvchi shaxsning xurmat qilinishi. Uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining ta’minlanishi), ta’lim oluvchi (o’quvchilar) ning pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning hoxish-istaqlari bilan o’rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko’nikma hosil qilish, hosil qilingan ko’nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag’bat bildirish, o’quv (manbalari va ko’rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan g’oyalarning o’rin olishiga erishish, ta’lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, rag’batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror topedagogik texnologiyairish va hokazolar asosida yaratiladi.
Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko’rsatkichining yuqori bo’lishini kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taqlif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo’nalish bo’yicha malakaviy (kasbiy) ma’lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Xalq xo’jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan ta’minlanishi uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko’rsatuvchi dalil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohalarining barkamol shaxs va malakali mutaxassis bilan ta’minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning eng muhim omilidir.
Ijtimoiy buyurtmaning bajarilishi sifat ko’rsatgichi malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashga olib keladi. SHu bois so’nggi besh yillar mobaynida ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ta’lim muassasalarining faoliyat jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir qator shartlarga muvofiq amalga oshirilishi talab etiladi. Xususan:
bo’lajak pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini ochib beruvchi nazariy ma’lumotlardan xabardor etish;
bo’lajak yoki faoliyat olib borayotgan (pedagog) larni yangi pedagogik texnologiya hamda uning mohiyati xususida to’laqonli ma’lumot bera olish imkoniga ega bo’lgan o’quv manb’alari (o’quv darsligi, qo’llanma, metodik tavsiyanoma, shuningdek, muayyan o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulot loyihalari va h.k.)bilan yetarli darajada ta’minlash;
ta’lim muassasalari faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida to’plangan yetakchi xorijiy mamlakatlar, shu jumladan maxalliy pedagoglarning ilg’or tajribalarini ommalashtirish;
bo’lajak yoki pedagogik faoliyat olib borayotgan ta’lim jarayonidagi yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan samarali, o’rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish ko’nikmasini xosil qilish, ushbu ko’nikmani amaliy faoliyat malakasiga aylantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish (chunonchi, nazariy va amaliy darslarni, davra suhbatlari, maxsus o’quv kurslarini tashkil etish, pedagog xodimlarning rivojlangan mamlakatda tajriba orttirishlarini yo’lga qo’yish va h.k.).
Aslida ham umumiy o’rta ta’lim maktablari amaliyotida pedagogik teyenologiyalarniing moddiy vositalari kitoblar, texnik jihozlar va o’qitish metodikalaridan ko’pdan buyon foydalanib kelinadi yoki oldindan rejalashtirilgan ta’lim-madaniyat jarayoni o’qituvchi faoliyati orqali amaliyotga joriy etilmoqda. SHu bilan birgalikda PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA - bu qotib qolgan, siquvga olingan loyixa emas, balki ta’lim va madaniyat samaradorligini belgilovchi qator omillarni baholash imkonini bera oladigan ijodkorlik, yaratuvchilik, fidoyilik faoliyati natijasidir.
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.
N.F. Talizina har bir pedagog aniq pedagogik jarayonni tashkil etishdan avval o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oraligida tamoyillarni olga suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak., deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik jarayon asoslanmay qoladi.
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomoni, ya’ni o’qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yoki komp’yuter orqali dasturlashtirilgan o’qitish yoki o’qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.
N.Sayidaxmedov tomonidan pedagogik texnologiya tamoyillarini aniqlashda quyidagi xolatlar e’tiborga olingan:
1) mavjud jamiyat talablariga mos keladigan ta’lim-madaniyat maqsadi;
2) didaktik jarayonning ob’ektiv qonuniyatlari;
3) ta’lim-madaniyat jarayonida amalga oshiriladigan shart - sharoitlar.
Shu nuqtai nazardan yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llashni quyidagi prinsiplarga bog’lab qo’yish mumkinligi haqida fikrlar berib o’tilganini guvohi bo’ldik.
Yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o’quv reja, darsliklar asosida o’quv jarayonini loyixalashtirishga ham yangicha yondoshish va tashkil etish zarurati tug’ilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, "...biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday madaniyat topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechog’li faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liqekanini hamisha yodda tutishimiz kerak". SHu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yildi.
J.G. Yo’ldoshevning fikricha, bu g’oyani ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro’yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, sanoat, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy ijtimoiy va tabiiy boylik (keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar).
A.M Achilov J.A. Akramov (2003), O.V Goncharova va boshqalar (2004) bergan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan gavdaning barcha o’lchamlari kattalashuvi umumiy ijobiy yo’nalishlar fonida ularning harakat tayyorgarligida sezilarsiz o’sish kuzatiladi, bir qator ko’rsatkichlar esa (tezkorlik, tezlik-kuch, imkoniyatlari) ancha pasayadi.
Shunga karamay mutaxassislar, o’quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash umumiy o’rta ta’lim jarayonida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydilar.
Biroq 5-9 sinf o’quvchilari organizmining kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari yaxshilanishini belgilaydigan funksiyalarining fiziologik boshqarilishini yaxshilashda eng muhim o’rinni asab tizimi, ayniqsa mushak zo’riqishlarida organizmning funqsiyalari yaxshilanishini ta’minlovchi aloqalarning shakllanishini egallaydi.
Shunday qilib 5-9 sinflarda kuch, tezlik va chidamlilikning o’zaro aloqadorligiga oid turli-tuman shakllarni belgilovchi fiziologik mexanizmlar ham xilma-xildir. SHartli reflektor omillar muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlar davomida biror yo’nalishdagi kuch, tezlik yoki chidamlilikni rivojlantiruvchi harakatlar uchun markaziy asab tizimida mushaklar hamda vegetativ organlar ishini dasturlashtirishning ma’lum shakllari yuzaga keladi.
Qizlarning barcha yosh guruhlarida harakatning dinamik xususiyatini takrorlash aniqligi o’g’il bolalardagiga qaraganda yuqoriroq. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarida jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovvutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovvutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi hususidagi savolga uzul kesil javob bermaydilar.
Asosiy harakat turlari bo’yicha ko’nikmalarning shakllanish tezligi va mustaxkamligi eng avvalo jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga bog’likdir. SHuningdek, jismoniy madaniyat bilan shug’ullanmaydigan maktab o’quvchilari harakat sifatlari ko’rsatkichlariga irsiy ta’sirotlar o’lchami xuddi tananing barcha o’lchamlari kattaliklari o’zunligi va og’irligi bo’lgani kabi yuqori darajadadir. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib turuvchi o’quvchilar orasida o’sha dastur asosida o’tkazilgan tadqiqot harakat sifatlarining namoyon bo’lishiga irsiy ta’sirotlar darajasining pastligini ko’rsatdi.
Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasi bo’yicha turli, adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir hil talqin etilmaydi.
Masalan, A.M Achilov, J.A Akramov, Kerimov F.A kitoblarida harakat faoliyatlarini shakllantirish bilan birga jismoniy sifatlar: chaqqonlik (shu jumladan, harakatlarni muvofiqlash qobiliyatlari), umumiy chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari, shuningdek, muvozanat saqlash qobiliyatini rivojlantirish zaruriyati qayd etiladi. O.V Gancharova o’quv qo’llanmasida kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni muvozanatni saqlash qobiliyatini alohida ajratgan holda rivojlantirish zarurati hususida so’z boradi.
Ayni vaqtda o’quvchilar jismoniy madaniyat vazifalarida beshinchi sinfdan boshlab jismoniy sifatlarni maqsadli yo’naltirish zarurati to’g’risidagi mulohazalar e’tiborni tortadi.
Shunday qilib, yangi pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari yaratilib borilmoqda va bu ish xozirda davom etmoqda. Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini o’rganish va unga ijodiy yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda o’quvchilarni sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq, maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, pedagoglarda turli shakldagi test topshiriqlari to’zish, ularni sinash malakalari shakllanadi va takomillashadi.