Buxgalteriya hisobi kafedrasi



Yüklə 390,79 Kb.
səhifə1/14
tarix13.10.2022
ölçüsü390,79 Kb.
#65068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Davron Axmedov hisobot




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI
"Buxgalteriya hisobi va audit"
ta`lim yo`nalishi bo`yicha II kurs BH-120 guruh talabasi
Axmedov Davron
MALAKAVIY АMALIYOTI BO`YICHA
HISOBOTI
CHORBULOQ”fermert ho’jaligi

Institutdan amaliyot rahbari :


O`qituvchi:SHerboyev K
Korxonadan amaliyot rahbari :
Bosh hisobchi: Xo’janazarov B


SAMARQAND – 2022
MUNDARIJA
I KIRISH
1. Korxonaning huquqiy maqomi, ta’sis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o‘rganish …………………………………………………5
2 Korxonaning oxirgi uch yildagi moliyaviy – xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘rganish, tahlil qilish, korxonaning rivojlanish tendensiyasiga baho berish…………………....…………………….6
3. Korxonaning hisob siyosati, uning negizida yotgan qoidalar, tamoyillar, yondoshishlar, xususiyatlarni o‘rganish, baholash…………………………………..…………..………………9
4. Korxonaning ichki nazorat organlari, ushbu bo‘linma (xodimlar) funksiyalari bilan tanishish……………………………….………………...…………..12
5. Korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalari hisobi.................................................................................................15
6. Majburyatlar hisobi ………………………………….………...16
7. Xususiy kapital hisobi …………………………………………..19
8. Daromadlar hisobi …………………………………...………….21
9. Xarajatlar hisobi ………………………………………………..24
10 Buxgalteriya balansi hisobi ........................................................26
11 .Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi..................................................................................................31

KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan. Yil sayin oily ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda.
Olib borilayotgan islohatlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tamonidan 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 4.4 “ Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish “ bo`limida qayd etilganidek “ mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash siyosatini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi
Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi.
Buxgalteriya hisobini chuqur o`rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o`ynaydi. Shu maqsadda biz “Buxgalteriya hisobi va audit “ yo`nalishi talabalari o`quv rejaga muvofiq 3 kurs davomida mutahassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash , chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Tanishuv ishlab chiqarish amaliyotini o`tadik.
2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi 2O`z.Res.Pre. SH.Mirziyoyevning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori

  1. Mavzu: Korxonaning huquqiy maqomi, tasis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o`rganish

O’zbekiston mustaqillikka erishgach xususiy korxonalarni, masuliyati cheklangan jamiyatlarning, aksadiyorlik jamiyati fermer xo’jaliklari va tadbitkorlarning sonini ko’paytirish maqsadida ko’plab sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu munosabat bilan “CHORBULOQ” fermert ho’jaligi tashkil topgan. Jamiyat O’zbekiston respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi.Jamiyat belgilagan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Jamiya o’z faoliyatini tartibda belgilangan ustav va O’zbekiston respublikasning qonunlariga muvofiq eyin’sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi. Jamiyat o’z majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari ularning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. Jamiyatning o’z hissasini to’la qo’shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining to’lanmagan qismining qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Jamiyat o’zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxarga olingan o’z emblemasiga, Tovar belgisiga ega bo’lishga haqli. Jamiyat o’z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o’z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respubliksining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi (06. 05. 2014y. O’RQ-370 – son) Qonun va “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi (03.06.2016y. O’RQ-387 –son) Qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
“CHORBULOQ”fermert ho’jaligining ustavi O’zbekiston Respublikasining “Ma’suliyati cheklangan hamda ma’suliyati cheklanmagan jamiyatlar to’g’risidagi” qonuni va boshqa qonun osti xujjatlari, shuningdek Jamiyat ishtirokchilarning 2017 yil 18 dekabrdagi ta’sis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
Korxonaning ta’sis shartnomasida quyidagilar bayon qilingan:
Umumiy qoidalar

  1. Jamiyat tashkil etishdan maqsad va faoliyat turlari

  2. Ishtirokchilarning ulushni kiritish bo’yicha majburiyatlarini buzganliklari uchun javobgarlik

  3. Daromad va ziyonlarni taqsimlash shartlari va tartibi

  4. Jamiyat boshqaruv organi

  5. Ishtirokchilarning jamiyatdan chiqish tartibi

  6. Nizolarni hal qilish

  7. Yakuniy qoidalar

Jamiaytning ustav fondi 8 800 000 000 (Sakkiz milliard sakkiz yuz million) so’m miqdorda belgilangan. Korxonada yakka ta’sischi Aliev Azamat Rofeyivich hisoblanadi.

Yüklə 390,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin