Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə4/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
КУРС ИШИ

Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog‘liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari xaridor tomonidan oldindan ko‘zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozori turi. Tovar birjasida o‘zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o‘z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil etish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar (don, ko‘mir, metall, neft, yog‘och)ning doimo faoliyat yurituvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o‘xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko‘rsatish mumkin.

Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari f'yuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo‘yicha sharnomada ko‘rsatilgan tovar uchun to‘lovni ma'lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.


Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:





1.

Savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko‘rsatadi.

2.

Tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal etadi.

3.

Narxlar to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta'sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig‘adi va e'lon qiladi.

Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo‘ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin.



Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin