Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə8/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
КУРС ИШИ

Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o‘zlariga ma'qul bo‘lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko‘p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas'uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas'uliyati cheklangan jamiyatlar.
Mas'uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan ko‘proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya'ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Shirkat a'zolari o‘rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:

1.

Har bir hamkorning vakolati;

2.

Bitimning muddati

3.

Har bir vakilning umumiy ishga qo‘shgan ulushi

4.

Daromadlar va yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni o‘zaro bo‘lish yo‘l-yo‘riqlari

5.

Uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mum­kin bo‘lgan aniq va belgilangan pul hajmi

6.

Uyushmada amalga oshirish zarur bo‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi

7.

Yangi hamkorni qabul qilish tartibi

8.

Shirkatni tarqatib yuborish tartibi

Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a'zo bo‘lishi mumkin.


Mas'uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta'sischilar mablag‘ (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari qo‘shgan ulushlari doirasida javobgar bo‘ladi. Shirkat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas'uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so‘zi qo‘shiladi, bu inglizcha so‘z bo‘lib, «cheklangan» ma'nosini bildiradi.
Mas'uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mav­jud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir.

Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin