Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə5/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
КУРС ИШИ

Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbir­korlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi maqom bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning xarid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma'­lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.
Maslahat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma'lum bir sohada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo‘yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta'rificha, menejment-konsalting boshqaruv bo‘yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko‘rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag‘larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg‘or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag‘lar bilan tengdir. Mablag‘lar ishlatishning ushbu ko‘rinishi mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va bosh­qaruv sohalarida to‘laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘p korxonalar intellektual imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. O‘z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashhur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib, tanazzulga uchrash arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun Yaponiyaning «Sin gidzyusu» (bu «Yangi texnologiya» ma'nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat etishdi. Firma «Touota»ning malakali mutaxassislarini yig‘ib, ishga kirishdi. Chet ellik maslahatchilar sharoitni o‘rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Kon­veyer tizimi o‘zgartirilmasa-da mahalliy tajriba va an'analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi.
Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko‘proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19% ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig‘uv konveyer uzunligi qisqardi, ko‘p miqdordagi yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil yig‘ish tezligi 40% ga oshdi. Bu ishlarni o‘sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo‘lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo‘lib, quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:


- muammolarni aniqlash (diagnostika);
- loyihani ishlab chiqish;
- loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga ko‘ra, yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Ba'zida mijozlar bilan ish olib borish ko‘p yillar davom etadi.

Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin