Buxgalteriya hisobi va audit


Tadbirkorlik faoliyati shakllari



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə7/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
КУРС ИШИ

2. Tadbirkorlik faoliyati shakllari

O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuninng


5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:



1.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik

2.

Xususiy tadbirkorlik

3.

Jamoa tadbirkorligi

4.

Aralash tadbirkorlik



Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo‘lib, uni tashkil qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;
- birgalikdagi tadbirkorlik.
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o‘z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko‘radilar va o‘z korxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga majburdirlar.

Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin