Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi asosiy vositalar kirimi hisobining nazariy, metodologik va tashkiliy muammolarini tadqiq etish hamda ushbu muammolarni hal etishga doir ilmiy amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Asosiy vositalar kirimining mohiyati va ahamiyati, maqsadi va vazifalari hamda hisobi bir qator O‘zbekistonlik olimlar, muttaxassislar, jumladan, K. B. Urazov, H. N. Musayev, O. Bobojonov, K.Jumaniyozov, Sh. Shodmonov, U. V. G‘afforovva boshqalar o‘z ishlarida asosiy vositalar kirimining hisobiga keng to‘xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, maqolalaridan bilib olish mumkin.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti.Kurs ishining tadqiqot ob’ekti bo‘lib, «Lazzat luk» MCHJ Tashkiloti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti esa “Asosiy vositalar kirimining hisobi”.
Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib, jami hajmi 30 betdan iborat.
Kirish qismida tadqiqot to‘g‘risida, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan.
Asosiy qism esa ikki bobdan iborat. Uning birinchi bobida tadqiqotning nazariy qismi ochib berilgan. Ikkinchi bobi esa amaliyotda ya’ni korxona misolida «Asosiy vositalar kirimi» ning yuritilishi, uning tahlili va takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xulosa va takliflar qismida «Asosiy vositalar kirimi hisobi»ning yuritilishi bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar berilgan.
Ilovalarda esa korxona va uning hisob ma’lumotlari to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar kiritilgan.
1.1 Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi. Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlami ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlami ko‘rsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy -madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BXMS №5,3a-band).
BXMS №5 ga muvofik (6- band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yukoridagi tarifda keltirilgan mezonlardan tashkari yana kuyedagi shartlarga ham javob berishi lozim:
*Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafillini mavjudligi.
* Kiymatni anik belgilashni mumkinligi.
Modiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmad muddatini belgilash muxim rol uynaydi.
Foydali xizmat muddati -deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish mudati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib uning foydaliligi ishlab chikilgan mahsulot bajarilgan ish xizmati xajmi bilan ulchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar uzlarining kiymatini tulik koplashlari va korxonaga kushimcha daromod keltirishlari lozim. Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnik bazasini tashkil etuvchi mexnat kurollari va vositalarini uz ichiga oladi. Ularga kuydagilar kiradi.
Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi: