3-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini
ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
Hujjatlarning tuzilishi Hujjatlarga qo’yiladigan talablar:
1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas,
chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo’lgani uchun jiddiy munosabatda
bo’lishni taqozo qiladi.
Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga
e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar)
deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida
farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketma-
ketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular -qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka
rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi
tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan
bo’ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k.
Hujjatlarda u yoki bu qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo’qotishga
olib keladi.
Zaruriy qismlar to’g’ri, aniq ifodalangan bo’lishi hujjatlarga qo’yiladigan
talablarning asosini tashkil qiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda qog’ozlarning shakli, o’lchami ham ahamiyatga
ega. Ish qog’ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o’ng va
past tomonida 8-10mm bo’sh joylar bo’lishi kerak.
Bosma ish qog’ozlari 2 ta turga bo’linadi.
1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog’ozining farqi shundaki, unda “tashkilot
nomi”dan keyin aloqa bo’linmasining ko’rsatgichi, pochta va telegraf manzili,
faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo’lmaydi.
Rasmiy xizmat blanklari - firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki
ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya
nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog’ozlari hisoblanadi.
Hujjat matnlari mazmunan lo’nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda
gap tuzilishiga ega bo’lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo’linadi.
Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.