Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 O’QUV MANBALARI BILAN ISHLASH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

2. O’QUV MANBALARI BILAN ISHLASH.
Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab 
ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda 
o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini 
ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli 
bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga ehtibor qaratish, asosiy adabiyotlar va 
axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, 
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan 
maslahatlar oladilar. 
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada 
himoya qilinadi. 
Referat tayyorlash. 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy 
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha 
referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari 
qo’shimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, 
Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan) 
foydalanib materiallar yig’adi, taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha 
imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda 
o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi. 
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzuni bayon 
qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali 
materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, 
namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu 
o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar 
beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan 


135 
mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga 
topshirish ham mumkin. 
Talaba ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo’yicha yozma 
ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin