137
Auditoriyada bajariladigan mustaqil ishlarda o’tilgan mavzuni qayta
ishlash, kengaytirish va mustaxkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar o’quv
dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o’zlashtirish, uyga berilgan
vazifalarni
bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rib
kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlarga qaratilgan bo’ladi.
Birinchi tur ishlar talabaning tayyorgarlik saviyasini va uy
vazifalarining bajarilishini tekshirish maqsadida, odatda,
nazorat ishlari
olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy
topshiriqlarni bajartirib
ko’rish shaklida amaliyot darslarida amalga oshiriladi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o’quv dasturida auditoriyadan
tashqarida o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va
axborotlarni
mustaqil
ravishda
izlab
topish,
taxlil
qilish,
konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o’zlashtirish,
ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish
ko’rinishida amalga oshiriladi va nazorati
darsdan tashqari paytlarda,
kafedra tomondan belgalangan soatlarida amalga oshiriladi.
TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar
bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi
Nizom"ga asosan baholab boriladi.
Dostları ilə paylaş: