4. TALABALAR ATTESTATSIYASI, UNI TASHKIL ETISH VA
O’TKAZISH.
O’qitishning xalqaro amaliyotida talabalar bilmini baholashning
qo’ydagi tizimlaridan foydalaniladi:
1. Talabalar bilmini baholashning reyting tizimi;
2. Talabalar bilmini modulli o’qitish tizimida baholash;
3. Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash.
Talabalar bilmini baholashning reyting tizimi.
Talabalar bilimini
baholashni reyting tizimi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil
7 avgustdagi 276 -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar bilimini
nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomi asosida
tashkil etiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali
baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar
tayѐrlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil
bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli
bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat
qilish va tahlil qilib borish;
140
-talabalarning bilimi, ko’nikmalari va malakalari Davlat ta’lim
standartlari talabi asosida haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik tamoyili
bo’yicha baholashni tahminlash;
-fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan
muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
-talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot
resurs markazi xizmatidan samarali foydalanishni tashkil etish;
-talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning
natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
-talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz
tayyorgarligini tahminlash;
-o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit
yaratish.
Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati
jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Reyting tizimi talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining
Davlat ta’lim standartlariga qanchalik muvofiqligini bilish uchun quyidagi nazorat
turlarini o’tkazish nazarda tutadi:
-joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy
ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning
xususiyatidan
kelibchiqqan
holda,
seminar,
laboratoriya
va
amaliy
mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium,
uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkaziladi;
-oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning
bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning
bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq
nazoratning soni va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga
ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan
belgilanadi;
141
-yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy
bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish
darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari
«Yozma ish» yoki obhektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida
o’tkaziladi.
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish
ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100
ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga
— 15 ball; joriy va oraliq nazoratlarga — 85 ball (fanning xususiyatidan kelib
chiqqan holda 85 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga
taqsimlanadi).
Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va
yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga
ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Jami joriy baholash
uchun kafedra professor-o’qituvchisiga 45 ball hisobidan ball ajratadi.
Talabalarga barcha birinchi JB uchun rejalashtirilgan mavzulardan baholash
imkoniyati bo’lmagani uchun barcha mavzularga 15 ball hisobidan (15 ball
maksimal ball bo’lsa, saralash 9 ball deb hisoblab) baho qo’yib borish va
birinchi JB muddati kelganda talabaning 1-JB da olgan (kamida ikkita)
baholaridan o’rtachasini qo’yib borish tavsiya etiladi. Xuddi shu kabi 15
ball hisobidan 2- JB uchun talabalarga baholar qayd etiladi. 3-JB bu
talabalarni mustaqil ishi uchun 15 ball hisobidan baholanib jurnalda qayd
etiladi. Talabaning mustaqil ishini baholash tartibi va mezonlari kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra majlisida
muhokamadan qilinib, fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Semestr
yakunida JB yig’indisi o’qituvchi jurnalning «Baxolash natijalari»da Σ JB
va reyting qaydnomasida Σ JB qismi to’ldiriladi.
Oraliq nazorat ham ikki marta o’tkaziladi va o’qituvchi tomondan
o’tkazilgan kuniga mos ustunda guruh jurnali yoziladi.
142
Mustaqil ish uchun oraliq nazoratda baxolash 10 ball hisobidan
baholanadi.
Mustaqil ishni joriy va oraliq baholash jurnalning alohida ustunida yoziladi.
SHu bilan birga joriy va oraliq baholar reyting qaydnomasidagi JB va OB
ustunlarida qayd etiladi. JB va OB larni qayta topshirish professor-o’qituvchi
tomonidan jurnalining 2-qismidagi Σ JB va Σ OB to’ldirishidan oldin yoziladi.
Oraliq bahoni qayta o’zlashtirish kafedra mudirining talaba arizasiga bildirgan
roziligi bilan o’tkaziladi.
Talabalarni qayta o’zlashtirishini xuddi reyting kaydnomasi kabi
professor-o’qituvchi tomonidan jurnalda, guruh talabalari ro’yxatidan keyin
qayta o’zlashtirish uchun kelgan talabalarning F.I.SH yoziladi va bahosi qo’yib
boriladi. O’zlashtirgan mavzular bo’yicha baholar mavzular ko’rsatilgan sananing
katakchalarda ko’rsatiladi. Oldin olgan bahosi doiraga olib qo’yiladi.
Agar talaba JB va OB buyicha saralash balini (55 ball) to’plagan bo’lsa,
yakuniy reytingini chiqirishda asos qilib olinadi va jurnlda qayd etadi. Talaba YaB
ga kelib kam ball to’plasa ham, uni umumiy ball qo’shib umumlashtiriladi.
Bu talabaning umumiy reytingini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R
f
= V*O
i
100
qaerda yerda:
V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
OI — fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan
balning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi. Joriy va oraliq nazoratlarning har
biriga ajratilgan balning 55 foizidan ortiq ball to’plagan barcha talabalar ushbu fan
bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat
turi bo’yicha saralash balidan yuqori ball to’plasa, bu ball joriy va oraliq
nazoratlarda to’plangan ballarga qo’shiladi. Aks holda talabaning fan bo’yicha
143
o’zlashtirish ko’rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarning ballari
yig’indisidan iborat bo’ladi. Bitiruvchi talabalar bilimi faqat «ballar»da
baholanadi ularga beriladigan Diplom ilovasiga yoki akademik
ma’lumotnomada dekanat fanlar bo’yicha talaba reytingini hisoblab qayd
etishi zarur.
Kurs ishi, malakaviy amaliyot, Yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv
malakaviy ishi va magistrlarning ilmiy faoliyati faqat ballarda
ifodalanadi (reyting chiqarilmaydi). Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
«Himoyadan o’tdi», «Himoyadan o’tmadi» tizimida baholanadi. Fan
buyicha saralash ballini to’play olmagan talaba fanni o’zlashtirmagan
hisoblanadi va u dekan ro’xsati bilan qayta sinovdan o’tadi.
Qayta o’zlashtirish ko’rsatkichlari shu reyting qaydnomasining
oxiridagi «Qo’shimcha o’tkazilgan YaB to’g’risidagi ma’lumot» qismida
qayd etiladi. To’ldirilgan reyting qaydnomalari o’qituvchilarga dekanat
tomonidan qayd raqami ko’satilgan va muhirlangan holda beriladi. Dekanat
o’rnatgan qayta topshirish muddati o’tgandan so’ng qaydnoma
dekanatga o’qituvchi tomonidan taqdim etiladi.
Reyting qaydnomasi harakati dekanatdagi maxsus jurnalda qayd
etiladi. Bundan tashqari dekanat kotibasi «Talaba o’quv varaqasi» ni
to’ldirib boradi, unda talabaning semestrda fanlardan olgan bali va reytingi
qayd etiladi. Sinov daftarcha dekanatda saqlanadi. Yakuniy nazorat
boshlanishdan oldin guruh sardori dekanatdan imzo ostida guruhning
reyting daftarchasini oladi va yakuniy nazorat tugashi bilan ro’yxat
bo’yicha yana dekanatga topshiradi. Gurux jurnalini to’g’ri to’ldirib
borishini nazorati fakultet dekani va uni muovuni zimmasiga yuklatilgan.
Aytilgan
baholash
tizimini
«Buxgalteriya hisobi» fanining
“Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari” 1-moduli misolida ko’rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |