Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Talabalar bilmini kreditli o’qitish tizimida baholash. 
Amaldagi o’qitish 
tizimidan farqli o’laroq kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari 


150 
hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi 
yoki kursdan-kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, 
faqat o’sha fanning o’zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot 
olganligi to’g’risidagi diplom esa belgilangan kreditlarni yiqqanidan so’nggina 
beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 
foizini universitet rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, 
uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (laboratoriya) ishlarini professor-o’qituvchilar 
baholaydi. Yakuniy nazorat universitet rahbariyati tomonidan olinadi. Unda fan 
o’qituvchilari ishtirok etmaydiMutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun 
talabadan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim 
saviyasini namoyon etish talab etiladi. O’zlashtirishi yuqori talabalar mustaqil ish 
mavzularini o’rganib, ularni muddatidan oldin topshirishi mumkin. Bu bo’lajak 
mutaxassislarning vaqtini tejaydi. Zimmasidagi “yuk”dan xalos bo’lganlar semestr 
yakuniga qadar qolgan vaqtini amaliy mashg’ulotlarga sarflaydi.Misol uchun, 
talaba bir semestrda 30 (bir o’quv yilida 60) kredit yig’ishi kerak. Unga 
matematika fanidan 8 kredit ajratilgan bo’lsa, bundan 4 kreditni leksiyadan, 
qolganini mustaqil ishdan to’playdi. Agar u matematika fanini o’zlash¬tirolmasa, 
unga taotil vaqti bu fanni qayta o’qish imkoni beriladi. Lekin bu imkoniyat — 
pullik. Bir kredit qiymati o’quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to’planadigan 
umumiy summani kreditlar miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Deylik, 
to’lov-shartnoma puli 8 477 800 so’m bo’lsa, bu raqam 60 ga bo’linadi. Hosil 
bo’lgan bo’linma (141 297 so’m) bir kredit bahosi. Demak, ushbu bo’linmani 
matematika fani uchun ajratilgan kredit — 8 ga ko’paytirsak, qayta o’qish fani 
narxi (1 130 376 so’m) kelib chiqadi. SHu summa evaziga talaba matematika 
fanini qayta o’qishi va imtihon topshirishi mumkin.Bu tizim 1989-yili bir qancha 
Ovrupa universitetlarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan. Mazkur tizimning oliy 
ta’limga joriy qilinishi o’qitish sifatini oshirish, shaffoflikni tahminlash, 
korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish 
hamda talabaning mustaqil o’qib-o’rganib, o’z ustida ishlashiga zamin yaratadi. 
Ovrupa davlatlarida o’qitishning akademik kredit tizimiga ko’ra 1 kredit 36 


151 
akademik soatga teng. Har bir o’quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo’ljallanadi. 
Kredit tizimi auditoriya ta’limini ham, mustaqil o’qish jarayonini ham o’z ichiga 
oladi. 
Yurtimizdagi ilg’or oliy ta’lim muassasalarida anoanaviy o’qitish tizimidan 
voz kechilib, dunyo tajribasidan o’tgan usul va uslublardan foydalanish yo’lga 
qo’yilmoqda. Masalan, 2013-yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim 
muassasalari, 2016–2017-o’quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida 
talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2018–2019-
o’quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universitetida kredit tizimiga o’tildi.Talabalar orasida bu kabi o’qitish tizimlariga 
haligacha tushunolmay qiynalayotganlar uchrab turibdi. Ijtimoiy tarmoq 
foydalanuvchilaridan biri shunday xabar qoldirgan: “Kredit tizimida darslar o’tish 
ketma-ketligi, muayyan dars jadvalining yo’qligi, ayniqsa, biz talabalarni 
qiynaydigan baholash tizimi ham biroz murakkab. Mustaqil ishlarni topshirish 
uchun esa haftalab vaqtimiz ketadi. Topshirolmagan taqdirimizda yana shuncha 
vaqt 
sarflab 
qayta 
tayyorlanishimiz 
kerak. 
Boshqa 
darslarga 
esa 
ulgurmayapman”.Vaqt sinovidan o’tgan mazkur ta’lim berish tizimlariga 
talabalarimiz nega moslasha olmayapti? Modul va kredit tizimlarining bir-biridan 
farqi nima? SHu kabi savollar bizni mutaxassislar huzuriga yetakladi.— Modul va 
kredit tizimlari bir-birini to’ldiradi, — deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim kredit tizimini boshqarish 
bo’limi boshlig’i Farhod Alisherov. — Modul alohida o’quv fani (yoki uning 
qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni 
qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi 
natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning 
tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va 
o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tahminlash 
uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkaziladi. Akademik kredit tizimi 
esa talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi 
standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli 


152 
o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt(soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul 
mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul 
bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini 
tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning 
umumiy sonini mustaqil belgilaydi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin