Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

tezislar 
deyiladi. Tezis yozish 
kitob ustida ishlash usuli bo’lib, o’rganilayotgan materialning asosiy 
mazmunini qisqacha va lo’nda ifodalanadi.
Tezislar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy tezis isbot-dalilsiz 
bitilgan yozuv bo’lib, faqat bittagina holat ifodalanishi mumkin. Jumladan
"2019 yil “Faol tadbirkorlik va investitsiyalar yili”. 
Murakkab yoki kengroq tezislar asosiy holatni kengroq talqin qilib 
beradi. 
Tezislar mavzu yaxshi o’zlashtirilgan yoki material mufassal konspekt 
talab qilinmaydigan hollarda tuziladi. 
Mana Siz kitob ustida ishlash metodikasi haqida tushuncha oldingiz. Endi 
ularga asoslanib kitob ustidagi ishingizni takomillashtirib boring. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. 
O’qish jarayonida 
ustoz-shogird ananasiga binoan Ustoz shogird-talabaga biron bir mavzu 
bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi tanlashi ham mumkin) ilmiy harakterdagi 
maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirg’i berishi mumkin. Bunda talaba 
o’quv adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot ishlar, dissertatsiyalar, maqola va 
monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli 
materiallarni to’playdi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi. 
SHaxsiy tajribasi va bilimidan kelib chiqib, shstozi hamkorlikda ilmiy natijalariga 
asoslangan holda qo’shimchalar, izohlar kiritadi. O’z nuqtai-nazarini bayon etadi 
va asoslaydi. 
 
42
Каримов И. Баркамол авлод - Ўзбекистоп тараққиётининг пойдевори. Халқ сўзи, 1997 йил 30 апгуст сони



157 
Referat tayyorlash. Referat yozish. 
O’qish jarayonida fanlardan 
turli mavzularda referat yozishga to’g’ri keladi. "Referat" so’zi 
lotincha "referre" so’zidan olingan bo’lib, ma’ruza qilmoq, axborot 
bermoq, degan maonini anglatadi. Referat tayyorlash kitob ustida 
ishlashning qiziqarli shaklidir. 
Referat yozish kitobni konspektlashtirishga nisbatan ko’p vaqt va 
mehnatni talab qiladi. Negaki materialni yanada puxtaroq tahlil qilish 
va chuqurroq o’ylash, o’qilgan materialga va fikr-mulohazalarga tanqidiy 
ko’z bilan qarash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish zarur bo’ladi. 
Aniq mavzularda yozilgan referat yaxshi natija beradi. 
Talaba referat yozishda asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha 
adabiyotlardan, 
monografiyalardan, 
ilmiy 
uslubiy ishlardan
maqolalardan, internetdan olingan ma’lumotlardan, elektron kutubxona 
materiallaridan foydalanib materiallar yig’adi, taxlil qiladi, tizimga soladi 
va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga 
harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar 
oladi. 
Referat 
seminar 
mashg’ulotlariga, 
nazariy-amaliy 
konferensiyalarga tayyorgarlik ko’rishda yoziladi va baholanadi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin