162
2. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH
Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test o’tkazish orqali
aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qaroiylik va meonatsevarlik
kabi fazilatlari
hamda ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish istagi bilan ajralib turadilar.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy
maqsadi - ilmiy va ijodiy salohiyatga ega bo’lgan intellektual elitani tayyorlash
bo’lib, yuksak isteg’dod sohiblariga, bilimning tegishli
sohalari va fanning aniq
yo’nalishlari bo’yicha qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi
noyob isteododni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish bo’lib
hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash qo’ydagi vazifalarni bajarishga
qaratilgan:
- talabalarning intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va
qobiliyatlarini rivojlantirishga;
- malakali prfessor-o’qituvchilarni iqtidorli
talabalar bilan individual
ishlashga jalb etishga;
- ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot
ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etishga;
- iqtidorli talabalar bo’yicha respublikada manitoringi o’tkazib, klarning
markazlashgan bankini shakllantirishga;
- maxsus o’quv dasturlari va progressiv pedagogik
texnologiyalarni ishlab
chiqishga;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol
topgan kadrlarni tayyorlashga;
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning shakl va usullari:
- o’qitishni individuallashtirish;
- talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim
olishga yo’naltirish;
-talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish.
163
Oliy o’quv yurtlarida “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi”
mavjud. Bu bo’lim psixologik va pedagogik
testlar asosida iqtidorli
talabalarni aniqlash ularning ro’yxatini tuzish hamda ilmiy rahbar va
maslahatchilarni belgilash ishlari bilan shug’ullanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida
universitet (institut), fakulg’tet va kafedralarda quyidagi ish qog’ozlarini
yuritiladi:
iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Nizomi;
iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limining ish rejasi;
yillik hisobotlar;
iqtidorli talabalarga oid rektorning buyruqlari;
fakulg’tet, kafedralar bo’yicha iqtidorli talabalar ro’yxati;
murabbiylarning iqtidorli talabalar bo’yicha bergan tavsiyalari va
unga ilova qilgan hujjatlar
va fotosuratlar;
konferentsiya, olimpiada, tanlov, viktorina o’tkazilishiga oid hujjatlar;
iqtidorli talabalar izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli
O’zbekiton Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
Vazirlar Mahkamasining
Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hayg’at
qarorlari;
xat va arizalarni qayd etish kotibi;
Iqtidorli talaba tomonidan o’quv-ijodiy va tarbiyaviy dastur tuziladi.
Dasturga binoan uning bajarilishi bo’yicha, nazorat muddatlari ko’rsatilgan
shaxsiy o’quv reja va ilmiy-ijodiy ishlar rejasi tuziladi. Bu reja fakulg’tet
Ilmiy Kengashi tavsiyasiga binoan oliy o’quv yurtining farmoyishi
bilan
tasdiqlanadi.
Talabaning ilmiy rahbari iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda
o’rganilishi nazarda tutilgan mavzular bo’yicha fan o’qituvchilar bilan
hamkorlikda qo’shimcha ishchi dastur va tematik-kalendar rejasini tuzadi.
Yuqori ko’rsatgichlarga erishgan iqtidorli talabalar “Iqtidorli talabalar
bilan ishlash bo’limi” tavsiyasi asosida institut rektorining buyrug’i bilan
164
ayrim fanlarning ma’ruza darslariga (o’qituvchining roziligi bilan) erkin qatnashish
huquqi berilish mumkin.
Har o’quv yilining yakunida iqtidorli talabaning qobiliyati va o’quv-ilmiy
reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy delosiga tikiladi.
Dostları ilə paylaş: