Shunday qilib,
бeхгалтерия ҳисобининг преdметига қўйdaгича таъриф
бериsh мeмкин:
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlarida ishtirok
etadigan va pul ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar hamda aholining
daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini mohiyati, unda hisobga olinadigan obyektlarda
va uning bajaradigan vazifalarida yana ham oydinroq namoyon bо‘lad (5-chizma).
5-chizma. Buxgalteriya hisobining predmeti obyektlari
3.BUXGALTERIYA HISOBI METODI VA METODOLOGIYASINI
TAVSIFI.
Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga
tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bо‘ladigan hodisa va
jarayonlarni о‘rganish va bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki sodir etilgan hodisa
va voqeliklarni amalga oshganligini tasdig‘i, mushohida qilingandan sо‘ng bilish
Buxgalteriya
hisobining
predmeti
obyektlari
Ta’minot
jarayoni
Ishlab
chiqarish
jaray
oni
Taqsimot
jarayoni
Sotish
jarayoni
178
nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqeliklarning qaysi jihati
о‘rganilishidan qat’iy nazar, ularni о‘rganishga dialektik nuqtai nazardan
yondoshish lozim bо‘ladi. Korxona xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik jarayonlari
hamma vaqt о‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bо‘ladi. Korxona
faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xо‘jalik jarayonlari
bilan bog‘liq bо‘lgan, har qanday sodir bо‘ladigan hodisa yoki voqelik
buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni о‘zgartiradi. Sodir bо‘lgan hodisa
va voqeliklarni dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan о‘lchab,
sо‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bо‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda,
hech qanday harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, mashulot ishlab chiqargan
ishchilarga ish haqi hisoblandi. Bu bir tomondan korxona ishlab chiqarish
xarajatlarini kо‘payishini, ikkinchi tomondan esa, mehnat tо‘lovlari bо‘yicha
xodimlar oldida korxonaning qarzi paydo bо‘lganligini bildiradi. Agar ishchi
mashulotni ishlab chiqarmaganda, korxonaning ishchi oldidagi ish haqi bо‘yicha
majburiyati yuzaga kelmagan bо‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya
hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bо‘lib, korxona faoliyatini makon
(korxonada) va zamonda (hisobot davrida) bilish nazariyasi asosida hisobga olish
maqsadida qо‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bо‘ladi.
Shuningdek buxgalteriya hisobi fanini о‘rganishning о‘ziga xos usullari ham
mavjudki, ularsiz buxgalteriya hisobining obyektlari tо‘g‘risidagi aniq
ma’lumotlarni olish imkoni bо‘lmaydi.
Bu borada buxgalteriya hisobi bо‘yicha 1940 yilgacha chop qilingan
adabiyotlar mualliflarining fikrlari turlicha. Masalan, A.P. Rudanovskiy va
boshqalar buxgalteriya hisobi metodi elementlariga qayd qilish, tartibga solish,
koordinatsiya, baholashni kiritsalar
53
, A.Galagan esa kuzatish, turkumlash,
induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi
54
. 1940 yildan keyin chop
53
Рудановский А. П. Позитивная теория счетоведения// Бюллетени обшества для разработки и
распространения счетоводных знаний. – М. 19414, Рудановский А. П. Теория учёта. Дебет и кредит как
метод учёта баланса. – 2-е изд. – М.: Макиз, 1925. Рудановский А. П. Теория балансвого учёта. Введение в
теорию балансвого учёта. Баланс как объект учёта. – М.: Макиз, 1928 г.
54
Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939г.
179
qilingan adabiyotlarning mualliflari esa, buxgalteriya hisobi metodining
elementlariga hujjatlashtirish, yо‘qlama qilish, baholash, kalkulyatsiya qilish,
schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozish usuli, balans, buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday
qilib buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida foydalanilgan hisob yuritish
metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin:
1.
Qayd qilish;
2.
Tartibga solish;
3.
Baholash;
4.
Kuzatish;
5.
Turkumlash;
6.
Induksiya va deduksiya;
7.
Sintez va analiz;
8.
Hujjatlashtirish;
9.
Yо‘qlama qilish;
10.
Kalkulyatsiya qilish;
11.
Schyotlar tizimi;
12.
Ikki yoqlama yozish usuli;
13.
Balans;
14.
Moliyaviy hisobotlar va ularga qо‘shimcha ilovalar tuzish;
15.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish.
Har qanday fanni predmetini о‘rganishda mazkur fanning asosiy
tamoyillarini, tashkiliy usullarini, korxona faoliyatini baholash mezonlarini bilish
muhim. Chunki bular fanni о‘rganishda qо‘llaniladigan usullar majmuasini
belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobi operativ-texnik va statistika hisoblaridan, shuningdek,
boshqa iqtisodiy fanlardan korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik
jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, о‘lchashi va
alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan farq qiladi. Unda aks ettirilgan jarayonlar
albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bо‘lgan jarayonlarning
180
qonuniyligini va tо‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bо‘lib, korxonalar xо‘jalik
faoliyati natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xо‘jalik
muomalalarini kuzatish va hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining metodini
elementi sifatida namoyon bо‘ladi.
Iqtisodiy jarayonlar buxgalteriya hisobida ma’lum bir о‘lchovlarda, eng
avvalo, pulda baholanib, aks ettiriladi. Demak xо‘jalik jarayonlarini pulda
baholash buxgalteriya hisobining metodini elementini tashkil etadi.
Korxona aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini holatini, saqlanishini,
ulardan foydalanishni nazorat qilish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan
biri bо‘lib hisoblanadi. Bu vazifa hisob obyektlarni haqiqiy borligini va holatini
ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish yо‘li bilan bajariladi. Shuning uchun ashyoviy
rо‘yxatdan о‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bо‘lib hisoblanadi.
Korxonalar faoliyatida ishtirok etadigan aktivlar, passivlar, majburiyatlar
hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalari iqtisodiy
mazmun jihatdan har xil bо‘ladi. Shuning uchun aktivlarni, passivlarni,
majburiyatlarni hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirish uchun iqtisodiy mazmun
jihatdan guruhlash lozim bо‘ladi. Guruhlash vositasi sifatida buxgalteriya hisobi
schyotlaridan foydalaniladi. Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik
muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida
amalga oshiriladi Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv
buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi.
Buxgalteriya
hisobi
axborotlari
korxonaning
moliyaviy-xо‘jalik
faoliyatlariga baho berishda, joriy va istiqbol biznes rejalar tuzishda hamda
faoliyatlari yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Shu sababli
buxgalteriya hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini haqiqiy ifoda etishi talab
etiladi. Notо‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan biznes rejalar va qabul qilingan
qarorlar korxonalarning kelgusi davrlardagi moliya-xо‘jalik faoliyatlariga salbiy
ta’sir etib, hisob ma’lumotlarining ishonchlilik, betaraflik, muhimiylik va
ahamiyatlilik darajasini pasaytirishga olib keladi. Bular hammasi hisobot davri
181
tugagandan sо‘ng joriy hisob ma’lumotlarining tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish
lozimligini bildiradi. Hisobot davri tugagandan keyin joriy hisob ma’lumotlari
jamlanadi, ya’ni barcha schyotlar bо‘yicha debet va kredit oborotlar chiqarilib,
ularning hisobot davrining oxiriga qoldiqlari topiladi va schyotlarning
umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi.
Yuqorida keltirilgan dalillardan xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya
hisobini tashkil qilish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bо‘lgan uch
bosqichga bо‘linadi, birinchi bosqich, sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini
kuzatish, hujjatlashtirish, baholash va kalkulyatsiya qilish, ikkinchi bosqich,
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va huquqiy asosga ega bо‘lgan xо‘jalik
muomalalarini iqtisodiy jihatdan buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlash va
ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida ularni joriy hisobini tashkil qilish, uchinchi
bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning tо‘g‘ri olib borilganini oborot
qaydnomasi tuzish bilan tekshirib kо‘rish va balans tuzish.
Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va
kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi
va balans tо‘zish hamda inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish)
buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi.
Bizning fikrimizcha, hisobot davrining oxirida tuziladigan tezkor
ma’lumotlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, ularning ilovalari joriy hisob
ma’lumotlari, oborot qaydnomasi va balansga asoslanadi. Shuning uchun ularni
tuzish va taqdim etishga iqtisodiy tahlil, audit fanlari kabi buxgalteri hisobining
mantiqiy davomi sifatida qarash lozim.
Demak, buxgalteriya hisobi fanining uslubini elementlariga quyidagilar
kiradi:
1.
Kuzatish, о‘lchash va hujjatlashtirish;
2.
Baholash va kalkulyatsiya tuzish;
3.
Buxgalteri hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv;
4.
Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish;
5.
Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish);
182
Quyida buxgalteriya hisobi uslubining alohida elementlariga qisqacha tavsif
beramiz.
Dostları ilə paylaş: |