Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Kuzatish va hujjatlashtirish



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Kuzatish va hujjatlashtirish. 
Kuzatish va hujjatlashtirish korxonada 
amalga oshirilgan xо‘jalik operatsiyasi tо‘g‘risida yozma guvohlik bо‘lib, 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beradi. Birlamchi hujjatlar, 
shu jumladan, axborotning mashina о‘qiydigan qog‘ozsiz shakldagi axborot 
tashuvchi vositalar ham, korxona xо‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida yalpi va 
uzluksiz aks ettirishni ta’minlab beradi. 
Buxgalteriyaga, foydalanish uchun me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan 
barcha rekvizitlari tо‘ldirilgan va tо‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlargina qabul 
qilinadi. Bunday rekvizitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning nomi, hujjatning 
nomi, raqami, tuzilgan sanasi, xо‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, uning 
miqdoriy va pul ifodasi hamda mas’ul shaxslarning imzolari. Tо‘g‘ri 
rasmiylashtirilgan hujjatlar korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlari ustidan 
dastlabki va joriy nazorat о‘rnatish hamda ularning ish natijalariga ta’sir kо‘rsatish 
imkoniyatini ta’minlaydi. 
Baholash va kalkulyatsiya qilish. 
Aktivlar, passivlar va majburiyatlar 
buxgalteriya hisobida pul ifodalarida aks ettiriladi. Buning uchun ularni qiymat 
о‘lchovlarida baholanadi. Hisob obyektlarini pulda о‘lchash qiymat qonunini amal 
qilishiga bog‘liq bо‘lib, unga, sо‘m va tiyinlarda hisob yuritish misol bо‘ladi. 
Korxonaning xо‘jalik mablag‘larini baholash harid qilingan moddiy 
qiymatliklarning xarid qilish haqiqiy tannarxiga asoslanadi. Shuning uchun 
kalkulyatsiya korxona moddiy qiymatliklarini haqiqiy tannarxlarini topish usuli 
bо‘lib xizmat qiladi. Haqiqiy tannarxlarini topish uchun kalkulyatsiya qilinadi. 
Buxgalteriya hisobi amaliyotida kalkulyatsiya qilish va kalkulyatsiya 
atamalari mavjud. Kalkulyatsiya qilish – barcha moddiy qiymatliklarni puldagi 
qiymatini aniqlash bо‘lib, mashulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni bajarish, 
moddiy qiymatliklarni sotib olish va mashulotlarni sotish paytida qilingan 
xarajatlarni qо‘shib chiqishni bildiradi. Kalkulyatsiya - moddiy qiymatlikning bir 
birligini haqiqiy tannarxini topish usuli bо‘lib hisoblanadi. Barcha xarajatlarni 


183 
moddiy qiymatliklarning umumiy miqdoriga bо‘lish yо‘li bilan moddiy 
qiymatliklarni baholash uchun zarur bо‘ladigan haqiqiy tannarxlari topiladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin