Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

2. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI. 
Har bir fanning о‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti 
deganda shu fanda nima о‘rgatilishi tushuniladi. Masalan, kimyo fani tabiatda 
mavjud bо‘lgan kimyoviy elementlarni tarkibini va tuzilishini, anatomiya inson 
organizmning tuzilishini, zoologiya hayvonot dunyosini, falsafa olamning paydo 
bо‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini, tarix kishilik jamiyatini yuzaga kelishi va 
rivojlanishini о‘rganadi. Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi fan sifatida nimani 
о‘rganadi? Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, nima bо‘lib hisoblanadi? Ya’ni 
buxgalteriya hisobi fanida nimalar о‘rganiladi, degan haqli savollar paydo bо‘ladi. 
Buxgalteriya hisobiga doir chop etilgan adabiyotlarda buxgalteriya hisobining 
maqsadi va vazifalari, subyektlari va obyektlari xalqaro andozalar talabi doirasida 
keng yoritilgan. Ammo uning predmetini bayon etishda mualliflar turlicha 
yondashishgan. Jumladan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining 
professori I.A.Lamikin universitet talabalari uchun tayyorlagan darsligida 
buxgalteriya hisobi predmetini quyidagicha ta’riflaydi: “...ijtimoiy mulk va 
birlashmalar (korxonalar)ni va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali xо‘jalik-moliya 
faoliyati sotsialistik buxgaltetiya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi”
43
. Fikrini 
davom ettirib, buxgalteriya hisobi predmetining obyektlarini quyidagicha 
ta’riflaydi: “Korxonalarning xо‘jalik materiallari va pul mablag‘lari; xо‘jalik 
mablag‘larini kelar manbalari; xо‘jalik jarayonlari; korxonalarning xо‘jalik-
huquqiy aloqalari; xо‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir
44
. Bu ta’rifning 
43
Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981,11 b. 
44
Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981, 11 b. 


174 
birinchi qismida ijtimoiy mulk, ikkinchi qismida esa birlashmalarning 
(korxonalarning) va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali moliyaviy-xо‘jalik 
faoliyatlari buxgalteriya hisobining predmetini sifatida ta’riflanadi. Bizningcha, 
muallif fanning predmeti va obyektlarini chalkashtirib yuborgan.
Professor M. Ostonaqulov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi oliy о‘quv yurtlarining talabalariga mо‘ljallangan darslikda 
buxgalteriya hisobi predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan “...buxgalteriya hisobi 
predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul 
ifodasida aks ettiriladigan xо‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalari
ularning xо‘jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir”
45
. Mazkur ta’rifda xо‘jalik 
mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalariga buxgalteriya hisobining predmeti 
sifatida qaralgan. Muallif xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbalarini yoritib “...buxgalteriya hisobi har bir korxonada xо‘jalik jarayonida 
sodir bо‘layotgan xо‘jalik operatsiyalarini va bu operatsiyalar ta’sirida xо‘jalik 
faoliyatidagi о‘zgarishlarni aks ettirishi zarur”, shuningdek buxgalteriya hisobi 
obyektlari tо‘g‘risida “...buxgalteriya hisobi yuqorida kо‘rib о‘tilgan obyektlari 
uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi”
46
degan xulosaga kelgan.
Iqtisodchi olimlar A.Karimov, F.Islomov, A.Avloqulovlarning fikricha, 
buxgalteriya hisobi predmeti “...korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan 
xо‘jalik mablag‘lari, shu mablag‘lar manbalari, ularning xо‘jalik faoliyatlari va 
moliyaviy natijalaridir”
47
. Mualliflar professor M. Ostonaqulov tomonidan 
yuqorida keltirilgan ta’rifni yanada ham soddalashtirib, buxgalteriya hisobi 
predmeti doirasidan takror ishlab chiqarish jarayonini chiqarib yuborishgan. 
Ularning fikricha “Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, о‘z sarmoyasi, daromad 
va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq bо‘lgan 
xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi”
48
.
45
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 
46
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 
47
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004 
26 b. 
48
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
2004 26 b. 


175 
Professor N. Jо‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va boshqaruv 
hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga “...buxgalteriya hisobining 
predmeti 
– ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli 
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi”
49
, - deb ta’rif 
berishgan. Bu ta’rifda mualliflar, birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina 
ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning 
predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan, buxgalteriya 
hisobiga faqatgina mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi 
axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan; tо‘rtinchidan esa, xо‘jalik 
mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib 
yuborishgan. 
Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya hisobi fanini predmetini “...eng 
avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va bayon 
etishdir”
50
, - deb izohlaydi. Uning fikricha, 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin