“Ilmiy-tadqiqot ishlar to’g’risida Nizom”ini ishlab chiqadilar. Bu
nizom
talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot
ishlari
OTMlarning
malakali kadrlar
yetishtirish yo’nalishidagi faoliyatida bo’lajak mutaxassislarda sohaga oid
masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko’nikmalarini shakllantirish
maqsadida ta’lim tizimining zamonaviy talablariga tayangan holda tashkil
qilinadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ularni tegishli fan sohalari bo’yicha
milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan
tanishishi va ulardan foydalanishiga ko’mak beradi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi tegishli
fan sohalari bo’yicha talabalarning bilimini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash
ishlari sifatini oshirish bo’lib hisoblanadi. SHuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari
talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, ularda o’quv jarayoni va
kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini
shakllantirish va rivojlantirish hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini
amalga oshirish yo’li bilan o’z mutaxassisligiga bo’lgan ijodiy yondashuvini
shakllantirish, bo’lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini
shakllantirishga ko’maklashish kabi maqsajlarni ham ko’zlaydi.
Qo’ydagilar talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va
rivojlantirishning asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi:
1. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari,
yo’nalishlari va ko’nikmalarining o’zlashtirishiga erishish;
166
2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o’quv
materiallarini chuqurroq o’zlashtirishiga ko’maklashish va ularning ushbu
jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;
3. Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o’rganishi
va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish;
4. Talabalarni ta’lim muassasida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga
keng jalb qilish;
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni
tanlash bo’yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga
ko’maklashish.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ularning ta’lim muassasi
doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy
seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok
etishini tahminlaydi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan ilmiy mavzular, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlar hamda
magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga asosan amalga oshiriladi.
Talabalar tomonidan tayyorlanadigan ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning
professor-o’qituvchilari ilmiy qilib biriktirib qo’yiladi. Ilmiy rahbar ilmiy-tadqiqot
ishini (maqola tayyorlash, konferentsiya tezislarini tayyorlash va boshqalar
)bajarish uchun maslahatlar beradi va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ko’rib
chiqadi hamda xullosa beradi. Yakunlangan ilmiy ishlarni chop etish uchun tavsiya
etadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun kafedralar qoshida ilmiy
to’garaklar tashkil qilinadi. To’garaklarda ilmiy-tadqiqot ishining rahbarlari
talabalarni tegishli fanlar bo’yicha viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarida
ishtirok etishi uchun tayyorlaydi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
167
1. O’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va uzviy olib
borilishi;
2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham
amaliy ko’nikmalarning shakllantirilishi;
3. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining ilmiy faoliyat natijalari referatlar,
risolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va
tezislar kabi ma’lum shakllarda namoyon bo’lishi;
4. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi
(bakalavr, magistr, katta ilmiy-xodim izlanuvchi);
5. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o’quv dasturlari va o’quv
jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi;
6. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo’llaniladigan usul va shakllarni talabaning
bilim darajasi (kursi)ga ko’ra murakkablashtirib borish.
Talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati turlarli shakillarda amalga oshiriladi,
xususan:
1. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ya’ni mustaqil
ta’lim doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari. O’quv jarayonida
qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlari va rejalariga kiritilgan
bo’lib, u quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: kurs ishlari, bitiruv malakaviy
ishlari va magistrlik dissertatsiyalari.
2. O’quv jarayonini to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati. O’quv jarayonini
to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o’quv dasturlarida nazarda tutilmaydi, u
talabalarning mutaxassis sifatidagi ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga
ko’maklashadi. Ushbu faoliyat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: talabalar
ilmiy jamiyati faoliyatida ishtirok etish; talabalar ilmiy to’garaklariga ahzo
bo’lish; talabalarning OTM doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida
amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari,
kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; talabalar ilmiy nashrlari.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari quyidagilardan
iborat: ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish
168
metodologiyasini o’rganish; OTMning ilmiy faoliyat yo’nalishlari, ularning
faoliyatini amalga oshirish printsiplari, anhanalari, yutuqlari bilan tanishish;
talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to’garaklar, Huquqiy tadqiqotlar markazi va boshqa
ilmiy bo’linmalar faoliyatida ishtirok etish; OTM doirasida, Respublika OTMlari
va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar,
davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etish; bajarilgan ilmiy-tadqiqot
ishi natijalarini magistrlik dissertatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi, referat,
konferentsiya yoki davra suhbatlarida, ilmiy to’garak majlislarida bayon etiladigan
ilmiy ma’ruza tarzida ilmiy maqola yoki tezis taqdim etish; ilmiy yo’nalishlar
bo’yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash; ilmiy jurnallarda maqolalar chop
etish; xorijiy ilmiy nashrlar (Scopus ro’yxatidagi) maqolalar chop etish; ilmiy
risola va monografiyalar chop etish; fan olimpiadalarda ishtirok etish.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati OTM tomonidan ajratiladagan
mablag’lar, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hamda
homiylar hisobidan moliyalashtiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi
talabalarga OTM Axborot resurs markazi ilmiy fondidan, shuningdek, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va elektron dasturlardan tekinga foydalanadilar.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlari OTM rahbari tomonidan turli
shakillarda rag’batlantiriladi, xususan: talabalarning ilmiy ishlarini OTM
doirasidagi nashrlarda chop etish; talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlari, startap
loyihalari namunalarini turli darajadagi tanlov va konferentsiyalarda taqdim etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanuvchi talabalar nomzodini davlat va
nodavlat muassasalari tomonidan ehlon qilinadigan ta’lim va ilmiy yo’nalishdagi
turli grantlarda ishtirok etishiga ko’maklashish maqsadida taqdim etish; eng faol
talabalar nomzodini davlat stipendiyalari va mukofotlarini olish uchun taqdim
etish;
xorijiy davlatlarda tahsil olishi yoki stajirovka o’tashi uchun tavsiyanoma
berish; talabalarni moddiy va mahnaviy jihatdan rag’batlantirish; OTM va
respublika ilmiy nashrlarida o’z ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy ishlari bilan faol
ishtirok etgan, shuningdek, ilmiy yo’nalishdagi boshqa har qanday faoliyatda,
169
grant loyihalarida ishtirok etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar kiritish, ilmiy
yo’nalishdagi turli tadbirlar ishtirokchisi, g’olibi bo’lish va boshqa tashabbus
ko’rsatgan magistrlar o’zi tahsil olgan kafedraga doktorant sifatida o’qishga kirishi
uchun tavsiyanoma beriladi.
Dostları ilə paylaş: |