176
aniqlashda, eng avvalo, u kimga xizmat qilishini hisobga olgan holda yondoshish
zarur, deb hisoblaymiz.
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 4
– moddasida “Buxgalteriya hisobi barcha xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz,
hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd
etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir, deb ko’rsatib o’tilgan.
Buxgalteriya hisobining predmeti faqat ishlab chiqarish jarayonidagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘lari
holati hamda ulardan
unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish yoki xо‘jalik
operatsiyalarini qayd qilish, tahlil qilish yoki axborotlarni keyinchalik bayon etish
bо‘lmasdan, balki kо‘p mulkchilikka asoslangan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning
xо‘jalik faoliyati va tadbirkorlikfaoliyati bilan shug‘ullanuvchikeng qatlamli
aholining daromadlari va xarajatlaridir.
Korxonalarning xо‘jalik faoliyati va aholining daromadlari va xarajatlari
statistika, moliya, bank ishi,
soliq va soliqqa tortish, makro va mikro iqtisodiyot,
marketing, menejment, audit, iqtisodiy tahlil kabi fanlarning ham predmeti bо‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir iqtisodiy fanga tegishli bо‘lgan faoliyatni
aniqlab olish, u yoki bu fanni о‘rganishni osonlashtiradi.
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
takror
ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish, taqsimot, sotish va iste’mol sikllarida
kechadi.
Shuningdek, har qanday korxonaning xо‘jalik faoliyatini asosiy
mazmunini ta’minot, ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, ishlarni bajarish va sotish
jarayonlari tashkil etadi. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Korxonada
ishlab chiqarish jarayoni ta’minot jarayoniga, sotish jarayoni esa, ishlab chiqarish
jarayoniga bog‘liq. Agar bu bog‘liqlikni butun bir jamiyat doirasida kо‘radigan
bо‘lsak, bir korxonaning sotish jarayoniga boshqa korxonalarning ta’minot, ishlab
chiqarish va sotish jarayonlari bog‘liq bо‘ladi. Bu holda, buxgalteriya hisobi
boshqaruvning funksiyasi sifatida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini
nazorat qilish vositasi о‘rnida ishtirok etadi. Shuningdek,
huquqiy shaxs tashkil
177
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish aholi daromadlari, ularning
manbalari va xarajatlari tarkibini kо‘payishiga olib keladi. Bu oila buxgalteriyasini
tashkil qilishni taqozo etadi. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori
buxgalteriya hisobi nafaqat xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qaysidir bir
jihatini qamrab oladi, balki, aholi (oila) daromadlari va
xarajatlarini ham hisobga
olishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: