Suhbat metodi. Suhbat - bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.

Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. O’quvchilar yozgan inshoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to'plash mumkin.
Diagnostik metodlar. Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega.