Sotsiometriya metodi. Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsatkich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o'rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo'lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.
Yosh va pedagogik psixologiyada tadqiqot o‘tkazishning quyidagi 4 bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
Yosh va pedagogik psixologiyada tadqiqot o‘tkazishning quyidagi 4 bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Tadqiqot (eksperiment) bosqichi.
3. Ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichi.
4. Ma’lumotlarni tushuntirib berish bosqichi.
Psixologik tadqiqot bosqichlari
Psixologik tadqiqot bosqichlari
I. Muammoning o‘rganilganlik holatini tahlil qilish, vazifalarini belgilab
olish, tadqiqotning ishchi farazini ilgari surish, metodikalar tanlash.
II. Xulosalar ishonchliligini ta ’minlovchi ma’lumotlar to‘plash. Buning
uchun turli metodlar qo‘llanilib, bir yoki bir necha bosqichlarda eksperiment
o‘tkaziladi.
III. Tadqiqot natijalarini miqdoriy qayta ishlash, o‘rtacha qiymat,
korrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlash, grafiklar va jadvallar, diagrammalar
tuzish.
IV. Ma’lumotlarni tavsiflash (interpretatsiya qilish), xulosalar ishlab