Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
mehnat tarbiyasini amalga oshirish 
yo‘nalishlari 
Bolalarning o‘zini 
mehnatga o‘rgatish 
Kattalar mehnati bilan 
tanishtirish 


135 
VIII. 3. Kattalar mehnati bilan tanishtirish 
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga 
kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo‘lib, narsa va 
buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq 
uchun zarur ekanligi to‘g‘risida tushuncha berib boriladi. Masalan, 
o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan 
mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to‘g‘risida bilim 
va tushunchalar berib boriladi. Kattalarning mehnati bilan tanishtirish 
yana quyidagi maqsadni ko‘zlab ham amalga oshiriladi: kattalar 
mehnati to‘g‘risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va 
mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va 
muhabbat uyg‘otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni 
sifatli bajarishga o‘rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyida-
gilardan iborat:
– har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati; 
V.I.Loginovaning 
olib 
borgan 
ilmiy-tadqiqot 
ishlarida 
Ta’kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular lehnat 
va mehnat malakalari to‘g‘risidagi bilimlar sistemasini o‘zlashtirib 
olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo‘yish va uning natijasini belgilab olishm 
boshlanadi: maqsad - mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli 
mariallarni tahlab (ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajrab) olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad, 
ehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati - ehnat quroli
mehnat natijasi.
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliiti shakl-
lantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtioiy sabablarini 
hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattar mehnati va uning 
ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlar zlashtirilib olinadi. 
Maktabgacha ta’lim yoshi davrining o‘ziga xos tomonlarini yana 
biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini 
aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ehnat jara-


136 
yonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi, asalan, barglarni 
zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi.
Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish 
sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda 
maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga erishish uchun shart-
sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar 
kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari 
biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat kabi bolalarga 
quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qoniqish hissini sezadilar. 
O‘yinda bola o‘z o‘ylaganini ivojlantirishi yetakchi rol o‘ynaydi, 
mehnatda esa natijaga.
Tarbiyachi bolalarni o‘z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib 
olishlariga o‘rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. 
Shunday qilib, butun bog‘cha yoshi davrida mehnat va o‘yin o‘zaro 
bog‘liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolao‘z mehnatini 
o‘yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto‘g‘ri bo‘lar 
edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati 
o‘z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil 
faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, 
arkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga avas hissini 
tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik bimil deb qarash 
kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shaklan-
tirishda pedagogning va bolalar o‘rtoqlarining bahosi va o‘ziga-o‘zi 
baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan uyumlari o‘yin va 
mashg‘ulotlarda qo‘llanilsa, ular o‘zlari yaayotgan buyumlar yanada 
sifatli bo‘lishiga intiladilar. Maktabgacha ta’lim yoshi davrida 
bolalarning yoshi lg‘ayishi bilan mehnat sabablari ham o‘zgarib 
boradi. Mutaxassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni 
ko‘rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish rqali ular 
kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erda o‘zlashtirib olar 
ekanlar. Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o‘z 
lehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib 
oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-martga sovg‘a 
tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini yig‘ishtirishga 
yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konsert va teatr 


137 
qo‘yib berish va boshqalar bolalardagi mehnatning muayyan 
natijasiga intilish uyg‘otadi, faoliyatning itimoiy sabablarini anglatib, 
mehnatga havasini, ishni bajaishda bolalarning o‘z oldilariga 
qo‘yadigan talablarini oshiradi. 
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish: 
– mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;
–materiallarni tanlash (mehnat materiallari);
– jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan asboblarni tayyorlab 
olish);
– mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat 
harakatlari); 
5. natija-mehnat mahsuli.
MTT dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar 
mehnati to‘g‘risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari 
lozim: 
Kichik guruh:
1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni. 
2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.
4. Ma’lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5. Mehnat natijasi. 
6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O‘rta guruhda mehnat to‘g‘risida qo‘shimcha tasavvur va bilimlar 
beriladi: 
– Harakat sifati haqida.
Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
– Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va 
bilimlar beriladi: 
1. Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to‘g‘-
risida. 
2. Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to‘g‘risida.
3. Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘-
risida. 
4. Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari haqida.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari MTT 
da bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo‘llar 
va metodlar orqali amalga oshiriladi. 


138 
Birinchi yo‘l – ekskursiya, mashg‘ulot, maqsadli sayrlar orqali 
bolalarni kattalar mehnatiga yaqinlashtirish. Bunda kuzatish, kino va 
diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko‘rgan va 
eshitgani to‘g‘risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, 
Tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o‘yinlar kabi turli-
tuman metodlardan foydalaniladi.
Ikkinchi yo‘l – mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda 
kattalar mehnatini bolalarga yaqinlashtirish. Gigiyenik va pedagogik 
jihatdan mumkin bo‘lgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, 
yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, 
bolalar bilan o‘yin, mashg‘ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash 
va boshqalar) bolalar oldida bajarish. Kuzatish, ko‘rsatib tushuntirish, 
suhbat, tarbiyachining so‘zlab berishi va shunga o‘xshash mate-
riallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga 
o‘xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bolar edi: 
kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash, 
modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo‘g‘irchoqqa kiyim tikish 
va hokazolar. 
Uchinchi yo‘l – bolalarning kattalar bilan birgalikdagi 
mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil 
bo‘lishi mumkin (xona o‘simliklarini yuvish, polizda ko‘chat yoki 
urug‘larni ekish uchun jo‘yaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash 
va h.k.). 
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish 
shakllari ham ish mazmuniga qarab har xil bo‘ladi: 
1. Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qollaridan kelganicha 
yordam beradilar. 
2. Tarbiyachi ishni boshlab beradi, qolganini bolalar o‘zlari 
mustaqil davom ettirishadi. 
3. Kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa 
bolalar va kattalar birgalikda bajarishadi.
Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat 
malaka va ko‘nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning 
kattalar mehnati to‘g‘risidagi bilimlari boyiydi, bunday mehnat 
bolalarga quvonch bag‘ishlaydi. 
Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma metod va 
vositalardan keng ravishda foydalaniladi. 


139 
Shunday qilib kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat 
va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Mehnat qilish muntazam tarzda bo‘lib, unda hamma bolalar 
ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya 
vositasiga aylanadi. 
O‘z-o‘ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, 
unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, 
kiyinish va yechinishga, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga 
o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, 
ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar 
qo‘llaridan kelgan ishni o‘zlari bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga 
xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, 
batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi. Bolalar 
xo‘jalik-maishiy mehnatga MTTda va oilada jalb etiladi. Uning 
mazmuni har xil bo‘ladi: xona va MTT maydonchasini yig‘ishtirish, 
stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, choy 
idishlarini, qo‘g‘irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, 
mashg‘ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo‘yish, mashg‘ulotdan 
keyin stol ustidagi narsalarni yig‘ishtirib olish va hokazo. 
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari, 
jonsiz 
tabiat 
to‘g‘risidagi 
bilimlar 
manbayi, 
bolalarda 
mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash 
vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni 
ekishga tayyorlash va o‘g‘itlash, ko‘chatni o‘tkazish, o‘simlik va 
hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va 
ko‘nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda 


140 
tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog‘ligini 
mustahkamlaydi.
Qo‘l mehnati – mashg‘ulot, o‘yinlarga mehnat faoliyati uchun 
zarur bo‘lgan o‘yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha bolalar 
mehnatidir (qog‘oz qiyqimlarini tashlash uchun, o‘simliklar urug‘i 
uchun qutichalar, qo‘g‘irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va 
shunga o‘xshash narsalar tayyorlash). Qo‘l mehnatini bajarish orqali 
bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga keladi. Bolalar 
yopishtirish, bo‘yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga 
o‘xshash oddiy mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar. 
Ularda ijodkorlik, topog‘onlik, zehnlilik xislatlari o‘sadi.
Mehnat faoliyati har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har 
xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir.
Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o‘ziga xos bir bo‘lagi 
bo‘lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy 
qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol-aslahalari, 
biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan 
barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli 
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash - bu birinchi navbatda mehnat 
jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. 
Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va 
ular quyidagilardan iboratdir:
1. Bolalarni bo‘lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo‘yishga 
o‘rgatish. 
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga 
o‘rgatish. 
3. O‘z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o‘rgatish. 
4. Mehnat malakasi va ko‘nikmalarini o‘rgatish. 
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda 
bajarilganligiga qarab o‘zining va boshqalarning ishini to‘g‘ri 
baholashga o‘rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish. 
7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni 
shakllantirish. Maqsad qo‘yish. Maqsad qo‘yish kattalar taklif etgan 
maqsadni qabul qilishdan boshlab to o‘zi mustaqil maqsad qo‘yadigan 
bo‘lguncha rivojlanib boradi (o‘simlikka suv quyishdan to uni 


141 
o‘stirguncha). Bolalarning o‘z oldilariga maqsad qo‘yib ish 
bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish zarur: 
1. Bolalar mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsadni tushunib yetishlari 
kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan 
ko‘zlangan natija nima?); 2.Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga 
o‘xshashlar tarzida ko‘rsatmali tasavvur eta bilish; 
3. Ishning mo‘ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko‘chat o‘tkazish, 
o‘simlikni sug‘orish, ularni parvarish qilish va hokazo) kerak. 
Bola o‘z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo‘lishni anglab 
yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil 
belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini egallab olish – maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon 
mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va 
ko‘nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil 
bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o‘lchab kesib olish, ninaga 
ovtkazish, uchini tugish, tikish; o‘yinchoq yasash uchun egish, bukish, 
taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini 
egallab olishlari kerak bo‘ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan 
bajarish uchun har bir bola o‘z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola 
bilishi kerak. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini rejalash-
tirish


142 
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga : 
tarbiyachi o‘rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli 
materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga 
tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayonini qanday 
tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi. O‘rta va katta guruhlarga 
borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o‘rgatadi. Buning uchun 
bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi: 
1.Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar, qanday materiallar, qanday ish qurollari 
kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish qulay bo‘lishi uchun 
ularni ish o‘rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol 
mehnat oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab bir necha marta 
takrorlanishi mumkin). 
6. Ishni qanday tugatamiz? Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga 
o‘rgatish mehnatni sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga 
o‘rgatadi. Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, 
uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak. Natijaga erishish 
bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, mehnat 
harakatlarini sifatli bajarishga o‘rgatadi. Mehnatning sababi, ya’ni 
bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak.
Bu quyidagi shart-sharoit ta’sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy mohiyatini 
bilishlari kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTTda, oilada foydalanish kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foy-
dasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar 
bilan egallab olinishi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat 
faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin