Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə10/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,

malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

  1. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

  2. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.

11-jadval. Kasbiy rivojlanish shkalasi




Kasbiy kompetentlik sifatlari

Shkala ko‘rsatkichlari







10

9

8

7

6

5

4

3

2

1




1. Ijtimoiy kompetentlik










ijtimoiy tashkilotlar va
sub’ektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘la olish ko‘nikma, malakalariga egalik











)

kasbiy muloqot va xatti-harakat uslublarini o‘zlashtira olganlik














2. Shaxsiy kompetentlik










doimiy ravishda kasbiy o‘sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish














kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olish














3. Maxsus kompetentlik










mustaqil ravishda
kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish














odatiy kasbiypedagogik vazifalarni to‘g‘ri hal














qilish va o‘zmehnatining natijalari real baholash malakasiga egalik


































mutaxassisligi
bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmlarini mustaqil ravishda izchil o‘zlashtirib borish qobiliyatiga egalik











4 . Texnologik kompetentlik




kasbiy-pedagogik
bilim, ko‘nikma va malakalarni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarnio‘zlashtirish qobiliyatiga egalik














zamonaviy didaktik
vositalar (texnik vositalar, o‘quv qurollari)dan foydalanish malakasiga egalik











5. Ekstremal kompetentlik




favqulotda
holatlarda (tabiiyofatlar sodir bo‘lganda, texnologik jarayon ishdan chiqqanda) oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik














muammoli vaziyatlarda (pedagogik ziddiyatlar yuzaga kelganda) oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik











Bir qator, xususan, A.K.Markova hamda B.Nazarovalarning tadqiqotlarida pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib o‘tilgan. Pedagogning kasbiy kompetensiyasi pedagogik (o‘quv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lish uchun pedagog o‘z-o‘zini izchil rivojlantirib borishga e’tiborni qaratishi zarur. O‘z-o‘zini rivojlantirishda pedagogga “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l keladi. Zero, ushbu dasturda pedagogda mavjud bo‘lgan kompetentlik sifatlari va rivojlantirish zarur bo‘lgan sifat, BKMni aniq, xolis ifodalash mumkin.




Nazorat uchun savollar

  1. Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik

etikadagi o’rnini yushuntiring.

  1. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan.

  2. Kasbiy axloqiy normalarning burch kategoriyasi

sifatida ifodalanishi va uning qoidalari.


II MAVZU: PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA FANINING NAZARIY – METODOLOGIK ASOSLARI.


Reja:

  1. Pedagogik deontologiya faniga metodologik yondashuvlar.

  2. O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar.

  3. O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari.

  4. Pedagogik kompetentlikning nazariy – metodologik asoslari..

  5. Kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarlik holati.

  6. O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligining o‘ranilishi.

  7. Pedagogning o‘z ustida ishlash modeli.


Tayanch tushunchalar: Pedadogik deontalogiyaning metodologik asoslari, pedagogik kompetentlikning boshqa pedagogik fanlaridan farqi. Pedagogik kompetentlik, kasbiy kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, individual kompetentlik, pedagogik deontologiya va kompetentlik faniga metodologik yondashuvlar. Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv. Kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarlik holati.
Deontologiya1 – ( “shart” ) ma’nosida ifodalanib, XVII-asrda ingliz faylasufi J.Bentam (1748-1832) yilda kiritilgan.
Dastlabki vaqtlarda bu termin tor ma’noda ifodalandi. Insonni xudoga ishonishi kiyinchalik keng ma’noda ishlatilib, umuman insonning majburiyatlarini ifodalaydi. Asosan deontologiya fani rivojlanishi nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) bilan bog’liq. I.Kant etikasi –bu burch etikasidir. Faylasuf fikriga inson odob-axloqi noma’lum axloqiy qonunlarda ifodalangan bu qonunlarni inson bajarishi talab etiladi.
I.Kant tomonidan asosan ikkita qonun tavsif etiladi.
1. Shunday kelishilgan (qoida) bilan omon qil, shu bilan bir qatorda boshqarishda rahm qil, u xuddi kelajakda qonun to’sib qolsin.
2. Shunday harakat qil, sening oldinga inson gavdalansin, sening oldingda inson bir vosita sifatida shakllansin.
Bugungi kunda deontologiya fani alohida shaxs va jamoaning, kishilarning turli hayot tarzidagi xulqini o’rganadigan fan sifatida shakllantirildi. Deontologiya – inson tomonidan talab darajasida xulq normalarini bajarilishi norma va qoidalarni o’rganuvchi fandir. Deontologiya – tushunchasi kasbiy etikada keng qo’llanilib har bir kasb doirasida kasbning odob, xulq normalari haqida nazariy jihatdan tushuncha beradi. Xususan, meditsina, qonunchilik, sud, pedagog, quruvchi hamda davlat boshqruvi tizimida burch, odob, axloq normalari mavjud. Barchamizga ma’lumki, davolovchi shifokorlarning kasbiy burch (Gippokrat) qasamyodi mavjud. Qasamyodiga tayanib har bir davolovchi shifokor jonini fido qilib bo’lsada, bemorni davolash uchun harakat qiladi. Pedagogik deontologiya –bu pedagogning turli holatlarda o’zining kasbiy foliyatida sodiqligini ifodalaydi.
Har bir pedagog quyidagi deontologik amal qilishi lozim.
1. O’quvchining yutug’i pedagogning faoliyatiga bog’liq va shu bilan bir qatorda jamiyat bilan bog’liqdir, shu sababli bu o’quvchidan o’zining kasbiy burchlarini sifatli bajarishini talab etadi.
2. Ba’zan o’qituvchi bajaradigan ishlari uning uchun qiziqarli bo’lmasligi mumkin (bunda o’qituvchi muloqoti mehnati uchun ish haqi, jamoa bilan muloqoti va boshqalar).
Deontologiya quyidagilarga e’tibor beradi:

  1. O’qituvchilik kasbining asosiy burchi va uning mazmuniga;

  2. Qo’yilgan talablarning bajarilishida pedagogik xulq-atvorga.

Har bir vazifaning bajarilishi uning axloqiy qonun qoidalari va axloqiy me’yorlariga mos bo’lishi zarur. Axloq – ijtimoiy ong shaklanishidan biri sifatida inson turmushining barcha sohalarida kishilarning xulqi, xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, boshqarib turuvchi qoidalar, tamoyillar, yo’l-yo’riqlar, mezonlar, normalar hamda pand-nasihatlar majmuidan iborat.
Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir inson egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallar, orzu-umidlar to’g’risidagi tasavvurlar, tushunchalar, bilimlar va me’yoriy qonun-qoidalarni o’z ichiga oladi. Odob deganda – xulq-atvor, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi tufayli odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
Kishilik jamiyatidan barchamizga ma’lumki, insonlarga yaxshilik qilish rost gapirish, botirlik, kamtarlik, halollik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlar doimo e’zozlangan. Inson mehnat faoliyatini ma’lum bir soha bilan shug’ulllanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, talablar mavjud. Bunday axloq kasb (professional) axloq deyiladi. Har bir jamiyatda mavjud axloq kasb axloqi bilan ma’lum bir munosabatda bo’ladi. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidalarini, tamoyillarni va tushunchalarining afzalliklarini va kamchiliklarini o’zida mujasssamlashtiradi. Ayrim kasblar xususan, o’qituvchi, vrach, tijoratchi, huquqshunos, ayrim rahbar xodimlar uchun inson mehnati obyekti hisoblanadi.
Bunday kasb egalari faoliyat obyekt bo’lgan odamlar bilan o’zaro muomala munosabatlarini tartibga soluvchi axloqiy normalarga qat’iy amal qilish talab etiladi.
Jamiyatning bunday kishilariga ishonch ham boshqacha bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzoyoyevning 2020-yil 1-oktyabrda “O’qituvchilar va murabbiylar” kuni bilan qilgan ma’ruzasida “Men o’qituvchilarga ishonaman, o’qituvchilar bizning tayyorlovchi fidoiy jonkuyar kishilardir”, deb katta baho berdi. Muallimlik ana shunday kasblardan bo’lganligi uchun o’qituvchi odobi boshqa kasb egalaridan farq qilishi lozim. Bu pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Kasbiy axloqqa oid asarlarda professional etika ma’lum bir jamiyatda ayrim kasb uchun xarakterli bo’lgan axloqiy normalar tushunchalar, ideallarning majmuidan iborat. Turli kasb egalari axloqiy ongining rivojlanish darajasidagi rang – baranglik bozor iqtisodiyotiga asoslangan.
Hozirgi davrda turli kishilarga bo’lgan axloqiy talablar darajasida farqlar mavjud. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimiz fuqarolariga ilm olish huquqi va buning uchun zaruriy sharoitlar yaratishini ifodalaydi. Agar o’qituvchining umuminsoniy va miliy-axloqiy qadriyatlar sohasidagi bilimlari sayoz, tasavvurlari tor bo’lsa, uning fikri, so’zi, amaliy ishlari yomon bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi jamiyat qonunlariga javob bera olmaydi. Pedagogik amaliyotda o’qituvchi odobi tushunchasi tor va keng manoda qo’lllaniladi. O’qituvchi odobiga ta’rif berganda tanqidiy tafakkur qonuniyatlari buzib ko’rsatilishi va xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun o’qituvchi odobi kasb axloqining bir qismi sifatida o’rganilishi zarur.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin