Ijtimoiy psixologik madaniyat. Jamoaning umumiy boylik qadriyatlari, e’tiqodlari va tartib qoidalari birligini shakllantirish. Ta’lim an’analarini saqlash, rivojlantirish. Jamoaning yakdilligi va birligini ta’minlash.
Haqqoniylik, insonlar bilan xayrixohlik, do’stona muhitni tashkil etish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. Tandiqni qabul qila olish, o’z kamchiliklarini bartaraf etishga intilish.
Har bir talaba-o’quvchining yutuq va kamchiliklarini ko’ra olish. Har birini tushuna olish, ko’ngliga yo’l topa olish, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lish, o’z vaqtini taqsimlay olish, o’z kamchiliklarini bartaraf etishga intilish. O’z ustiga tinmay izlanishda faol bo’lish hamda mas’uliyatli bo’lish.
Boshqaruv madaniyati. Pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish. Jamoa bilan hamkorlikda rivojlanish dasturini yaratish. Axborotlar to’plamini rejalashtirish.
Ma’naviy madaniyat talablariga rioya etish.
Pedagogik texnika va pedagogik mahorat sirlarini chuqur anglash.
O’qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar2: Oliy maktab o‘qituvchisi shaxsiga jiddiy talablar qo‘yi!adi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. 0‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo‘lishidir. Balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Oliy maktab o‘qituvchisi ham shunday talablarga javob berishi kerakki, bunda talablar uni yuksak darajada bo‘lg‘usi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs darajasiga ko‘tarsin.
Oliy maktab o‘qituvchisiga quyidagi muhim va doimiy talablar qo‘yiladi:
jamiyat rivojlanishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo'nalishlarini to'g’ri baholay olishi;
muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lg’usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo’ishi;