Buxoro davlat pedagogika instituti


pedagogik faoliyatni sevishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə105/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

pedagogik faoliyatni sevishi;

  • o‘z sohasi bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lishi;

  • zakovatli bo‘lishi;

  • pedagogik tuyg’u;

  • yuksak yetuklik;

  • umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;

  • pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo’lishi.

    Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: a) kirishib keta olish; b) san’atkorlik, c) quvnoqlik, d) yaxshi did va boshqalar.
    Professiogramma – kasb tavsifnomasi. Kasb egalarini tayyorlash bo’yicha davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari hamda o’quv fanlari bo’yicha dasturlar yaratishda professiogrammalarning ahamiyati. Professiogramma: oliy ta’lim o’qituvchisi vazifalari; oliy ta’lim o’qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati; noo’quv ishlari; o’quv-metodik ishlar; o’qituvchining ilmiy-tadqiqot ishlari; o’qituvchining tarbiyaviy ishlari; tashkiliy-metodik ishlar; o’qituvchi shaxsiy tavsifi va o’ziga xosligi; o’qituvchining maxsus tayyorgarligi; maxsus bilimlar; maxsus bilish, ko’nikma; o’qituvchining psixologik-pedagogik tayyorgarligi; psixologik-pedagogik bilimlar; pedagogik bilimlar: diagnostika, prognostik, loyihalash, konstruktivlik, kommunikativlik, tashkilotchilik, tahlil qilish.
    O‘qituvchilarning kasb tanlashi borasida aniq fikrga kelishi uchun xizmat qiladi. Nodir bolaligida uchuvchi bo‘lishni orzu qilardi. Ehtimol, yaqinlaridan tug‘ilgan kunida sovg‘a sifatida turli uchoqlarning o‘yinchoq modelini olgani yoki onasidan kechalari eshitgan o‘zi uchar gilamlar, qanotli tulporlar haqidagi ertaklar bunga turtki bo‘lgandir. Biroq maktabga qadam qo‘yganida samoda uchishdan ko‘ra yashil maydonda to‘p tepishni afzal ko‘rdi. Endi undan kim bo‘lishi haqida so‘ralsa, futbolchi deya baralla ayta boshladi. Yettinchi sinfni bitirdi-yu, stadionda kezib yurgan o‘y-xayollari arxitektura olamiga ko‘chdi. Ko‘rkam, baland uylar qurishni o‘z oldiga maqsad qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqishi ortib: “Kelajakda kompyuter dasturchisi bo‘laman!” degan qarorga keldi.
    Albatta, o‘quvchi sinfdan sinfga o‘tgani sari kasb tanlash haqidagi fikrlari o‘zgarib, hayotga yaqinlashib boraveradi. Ayniqsa, 9-sinfga o‘tganida “Qaysi kasbni tanlasam ekan?”, “Bu kasbni qanday egallasa bo‘ladi?”, “Kelgusida qaerda ishlashim mumkin?”, “Shu kasbni tanlasam hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnimni topamanmi, yaqinlarimga moddiy ko‘maklasha olamanmi?” qabilidagi savollarga javob qidiradi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan maktab bitiruvchisi — kelajakda o‘zi yoqtirgan kasb egasi bo‘lishi, avvalambor, uning qiziqishlari, qobiliyati hamda sa’y-harakatiga bog‘liq, qolaversa, ota-onasi va o‘qituvchilarining har jihatdan ko‘magi zarur.
    Respublika tashxis markazining ta’lim muassasalarida psixologik xizmat bo‘limi metodisti Feruza Umarovaning fikricha, kasb tanlash jarayonida inson o‘z ehtiyoji, orzu-umidlari, qiziqishi, qobiliyati, salomatligi va boshqa qator jihatlarni inobatga olishi kerak. Umuman, kasb tanlash — murakkab va qiyin jarayon. Murakkabligi shundaki, har bir kasb o‘zgacha bir olam bo‘lib, yosh mutaxassis bu olamga kirishi, uni chuqur o‘rganishi uchun yillar davomida o‘qib-o‘rganishi hamda kasbiy faoliyatga moslashishi kerak bo‘ladi. Kasb to‘g‘risida ma’lumotlarning kamligi, bitiruvchining o‘zi yashayotgan hududda tanlagan kasbiga bo‘lgan ehtiyojning qay darajada ekanini bilmasligi esa qator muammolarni keltirib chiqaradi.
    Bu kabi muammolarning oldini olish maqsadida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati tomonidan to‘rt qismdan iborat “Kichik mutaxassislarning professiogrammalari to‘plami” tayyorlandi.
    — O‘zingizga ma’lum, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari o‘z oldiga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o‘quvchilarning jadal intellektual rivojlanishini, chuqur, ixtisoslashgan, tabaqalashgan ta’lim olishlari hamda o‘z qobiliyati va moyilliklari asosida tanlagan kasb-hunarlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlash, umumiy va kasbiy madaniyatga ega, mus­taqil fikrlaydigan, ijodiy faol, demokratiya va mustaqillik tamoyillariga sodiq bo‘lgan ijtimoiy yetuk shaxsni shakllantirishni maqsad qilgan, — deydi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmatining axborot-noshirlik bo‘limi boshlig‘i Alisher Safarov. — Bunday kadrlarni tayyorlash esa maktab ostonasidan boshlanadi. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning turli qiziqish va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, rivojlantirish hamda ularning kelajagi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lida jiddiy izlanishlar olib borilmoqda. Muhimi, yoshlarning kelajakda qanday kasbni tanlashi borasidagi mustaqil fikri shakllanib bormoqda, o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsad sari qat’iyat bilan intilish hissi kuchaymoqda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tayyorlanadigan kichik mutaxassislarning professio­grammasi haqida barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ushbu qo‘llanma bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Undan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari va ularning ota-onalari, ta’lim muassasalari rahbarlari, psixologlari hamda guruh rahbarlari kasbga yo‘naltirish ishlarida keng foydalanishlari mumkin.

    Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   198




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin